So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  4 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5

"Nasaf": Yig'indagi ilk raqibmiz - “Ilichevec” Yangiliklar

"Nasaf": Yig'indagi ilk raqibmiz - “Ilichevec”

Yangi mavsumga tayyorgarlikni uchinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazayotgan “Nasaf” futbolchilari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Jamoa azolari 22 yanvar sanasida Antaliyaga etib kelgan bo'lsa, jamoa sardori va etakchisi Artur Gevorkyan oradan bir kun o'tib safga qo'shildi. SHuningdek, milliy terma jamoa safida Osiyo kubogida ishtirok etgan uch nafar futbolchimiz – Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev va Farruh Sayfievlar 24 yanvar kuni jamoa ixtiyoriga etib kelishdi. SHu bois murabbiylar shtabi ularga ikki kunlik tatil berishdi.

Rejaga ko'ra, “Nasaf” futbolchilari 25 yanvar sanasida Ozarboyjonning “Gabala” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishlari lozim edi. Ammo kecha Antaliyada kuchli yomg'ir yog'ib o'tganligi bois, ushbu o'yin bekor qilindi va futbolchilarimiz mashg'ulotlar bilan cheklanishdi. Darvoqe, kechagi mashg'ulotlarni jamoamiz OFK tomonidan Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoalar uchun beriladigan maxsus to'plarda o'tkazishdi.

Bugun “Nasaf” ilk nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Ilichevec” jamoasi bilan o'tkazadi. Mariupol shahri sharafini himoya qilayotgan jamoa ayni paytda Ukraina premer ligasida so'nggi pog'onada bormoqda. Ushbu jamoa azolari Antaliyada futbolchilarimiz bilan bitta mehmonxonada istiqomat qilishmoqda. “Nasaf” ikki yil ilgari aynan Antaliyadagi yig'in davomida ham ushbu jamoa bilan kuch sinashgan va o'shanda tomonlar golsiz durangga imzo chekishgandi. Yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladigan ukrainalik legioner Oleksandr Kablash  2007-2008 yilgi mavsumda Ukraina birinchi ligasida mariupolliklar sharafini himoya qilgan.

Ertangi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:30 (Toshkent vaqti bilan 18:30)da boshlanadi. O'yin jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga qarashli futbol maydonida o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика