“Nasaf” Jiddaga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2016, 08:19
Bugun erta tongda “Nasaf” futbolchilari Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining 1-turidan o'rin olgan “Al Ahli” – “Nasaf” uchrashuvida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoni tomon yo'l olishdi.

Toshkent-Qarshi-Ar Riyod-Jidda charter reysi orqali harakatlanadigan havo kemasida “Nasaf” bilan birga “Bunyodkor” futbolchilari ham ushbu yurt sari otlanishdi. Taqvimga ko'ra toshkentlariklar ham birinchi turni aynan safarda -  Saudiya Arabistonida o'tkazishadi.
 
Ushbu safarga “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev quyidagi futbolchilarni jalb etdi.
 
Darvozabonlar– Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov.
 
Himoyachilar– Sherzod A'zamov, Maqsud Karimov, Shuhrat Muhammadiev, Azizjon G'aniev, Ildar Mamatkazin, Najmiddin Normurodov, Deyan Bolevich.
 
Yarimhimoyachilar – Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev,  Sirojiddin Qo'ziev, Akbar Murodov, Doniyor Narzullaev
 
Hujumchilar– Ilhom Shomurodov, Azamat Allaniyazov, Bobur Abduholiqov, Dilshod Xushbakov.
 
Eslatib o'tamiz, “Al Ahli”  - “Nasaf” uchrashuvi 24 fevral, chorshanba kuni soat 22:10 da Jidda shahridagi “Qirol Abdulla” stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz