“Nasaf” jamoasi QDU talabalari bilan uchrashdi (FOTOGALEREYA)
19 noy 2015 01:22
Yangiliklar


“Nasaf” jamoasi QDU talabalari bilan uchrashdi (FOTOGALEREYA)

Uchrashuvda QDU rektori, professor Bahodir SHoyimqulov, biologiya fanlari doktori, professor SHoniyoz Qurbonov, talim dargohi ustozi Yo'ldosh Bobojonov, universitetning jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi SHohista Erkaeva so'zga chiqishib, “Nasaf”ning joriy mavsumdagi ulkan g'alabasi barchaga shodu xurramlik ulashganini takidlab, g'alabalar bardavom bo'lishligini tilashdi.
-“Nasaf”ning g'alabasi-bizning ham g'alabamiz, -deydi QDU jismoniy madaniyat fakulteti dekani Faxriddin Eshpo'latov. - Sababi vohamizning bosh futbol jamoasi tarkibida fakultetimiz talabalari Eldorbek Suyunov va Hamza Karimov to'p tepishadi. Qolaversa, SHerzod Azamov, Kenja To'raev singari tajribali futbolchilar ham aynan jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olishgan. Bugungi uchrashuv bo'lajak sportchilar, futbolchilarga o'ziga xos ruh bag'ishlashiga shubha yo'q.
Tadbir so'nggida “Nasaf” ustoziga QDU rahbariyati tomonidan alohida ehtirom ko'rsatilib, o'zbekona to'n va do'ppi kiydirildi. O'z navbatida klub rahbariyati ham universitet rahbariyatiga esdalik sovg'alarni topshirishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar