So’nggi yangiliklar

21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  1 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  2 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  41 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  14 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

“Nasaf” jamoasi azolari “SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi”da bo'lishdi Yangiliklar

“Nasaf” jamoasi azolari “SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi”da bo'lishdi

Teglar :  Nasaf
"Nasaf" azolari klub bosh homiysi “SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi”da bo'lishdi va zavoddagi ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishishdi.

SHundan so'ng majmuadagi faollar zalida jamoa azolari va “SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi” xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbir avvalida jamoa prezidenti, "SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi” Bosh direktori SHuhrat Aslanov so'zga chiqib, jamoa azolarini va majmuaning barcha ishchi xodimlarini futbolchilar tomonidan yaqindagina qo'lga kiritilgan Superkubok bilan samimiy qutladi va bu yutuq Davlatimiz Mustaqilligining 32 yilligiga Qashqadaryo xalqi uchun ajoyib sovg'a bo'lganini takidlab o'tdi.  

Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev, texnik direktor Botir Qoraev, sport direktori Sergey Kucherenkolar jamoa uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun majmua rahbariyati va barcha xodimlarga klub nomidan o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Tadbir davomida zavod ishchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Savol-javob ruhida kechgan uchrashuvda jamoa azolari tomonidan tayyorlab kelingan savollarga to'g'ri javob berganlarga futbolchilar va murabbiylarimiz tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Majmuaning xodimlari ham futbolchilarga qarshi savollar bilan javob qaytarishdi.

Tadbir so'nggida majmua rahbariyati va jamoa murabbiylari o'rtasida futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bellashuvda do'stlik g'alaba qozondi.

“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика