So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  5 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  7 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  11 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  36 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  19 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  153 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

“Nasaf” ikkita uchrashuvida "SHo'rtan" darvozasiga 7ta gol urdi Yangiliklar

“Nasaf” ikkita uchrashuvida "SHo'rtan" darvozasiga 7ta gol urdi

Teglar :  NasafSHo'rtan
Milliy chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni rejalashtirgan "Nasaf" bugun G'uzor shahrida “SHo'rtan” jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvlari tashkil etdi.

Nazorat uchrashuvlari ikki tomon kelishuviga binoan 60 daqiqadan iborat bo'ldi.

Dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilarimiz to'rt marta mezbonlar darvozasini ishg'ol qilishdi. Gollarni Azamat Allaniyozov (3) va Islom Kenjaboevlar kiritishdi.

Murabbiylarimiz shuningdek dastlabki nazorat uchrashuvida bir qancha yosh futbolchilarni maydonda sinab ko'rishdi. Jumladan, Javohir Komilov, Islom Kenjaboev, Dilshod Saitov va G'olib G'aybullaevlar bugun asosiy tarkib o'yinchilarimiz bilan birgalikda harakat qilishdi.

Quyida dastlabki nazorat uchrashuvi qaydnomasi bilan tanishing:

Nazorat uchrashuvi. 09.10.2016.

“SHo'rtan” (G'uzor) – “Nasaf” (Qarshi) 0:4 (0:2)

“G'uzor” markaziy stadioni.

Hakamlar
: Ravshan Abduvoxidov, Artyom Kalinin, Janon Xomidov

Gol: Azamat Allaniyozov, (3), Islom Kenjaboev (1).

“SHo'rtan”: 93.Alibek Turobov, 14.Umarbek Eshmurodov, 3.Hasanboy Ergashev, 22.Laziz Ubaydullaev, 48.Visal Magerramov, 7.Olimjon Karimov, 18.SHaxzodbek Xursanov, 17.G'ulom Rahmonov, 19.Marufxon Murodov, 11.Zafar Polvonov, 50.Sevdiyor Hamroqulov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 16.Akmal Rahimov, 4.Nurali Padarov, 5.Mirmuhsin Sattorov, 6.Alisher Arslanov, 9.Temur Komiljonov, 15.Rustam Haydarov, 20.Akrom Bahromov.

“Nasaf”: 99.Javohir Komilov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Islom Kenjaboev, 7.SHuhrat Muhammadiev, 15.SHaxboz Erkinov, 21.Azamat Allaniyozov, 32.SHerzod Azamov, 28.Fozil Musaev, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyorjon Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 14.Dilshod Saitov, 16.G'olib G'aybullaev.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida jamoamiz tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushishdi.

1.Javohir Komilov, 34.Farruh Sayfiev, 27.Islom Rashidxonov, 16.Dilshod Xushbakov, 69.Dragan CHeran, 33.Odiljon Hamrobekov, 4.Maqsud Karimov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 6.Akmaljon Olimov.
Zaxiradan esa quyidagi futbolchilarimiz maydonga tushishdi: Muzaffar SHaripov, Akmal Mozgovoy, G'olib G'aybullaev, Najmiddin Normurodov, Dilshod Saitov, Navro'z Izatillaev.

Ikkinchi nazorat uchrashuvi
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Nasaf” (Qarshi) 0:3 (0:1)
"G'uzor" markaziy stadioni
Hakamlar:
Artem Kalinin, Ravshan Abduvoxidov, Janon Xomidov.
Gollar: Igor Golban (1), Dilshod Xushbakov (2).

Ikkinchi nazorat uchrashuvida ham murabbiylarimiz bir qancha yosh futbolchilarimizni maydonga tushirishdi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu futbolchilarimiz ham asosiy tarkib o'yinchilarimiz bilan bir-birlarini o'zaro tushungan holda maydonda harakat qilishdi.

Navbatdagi nazorat uchrashuvida hisobni dastlab Igor Golban ochgan bo'lsa, Dilshod Xushbakov o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'yishni uddaladi.

SHunday qilib, jamoamiz “SHo'rtan” bilan o'tkazilgan ikkala nazorat uchrashuvida ham yirik hisoblarda g'alaba qozondi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика