So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  32 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  28 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4

"Nasaf" ikkinchi bor chempion bo'lishga harakat qiladigan OFK Kubogi haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

"Nasaf" ikkinchi bor chempion bo'lishga harakat qiladigan OFK Kubogi haqida nimalarni bilamiz?

Osiyo chempionlar ligasidan umidimiz katta edi, biroq "Paxtakor" va AGMK guruhdan chiqa olmadi.

Endi esa bor etiborni nufuzi jihatdan OCHLdan keyingi o'rinda turadigan OFK Kubogiga qaratamiz. CHunki bunda Qarshining "Nasaf" klubi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari guruh o'yinlarini Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston klublariga qarshi o'tkazadi. Quyida ushbu musobaqaga doir ayrim malumotlarni keltirib o'tamiz.

17-bor o'tkaziladigan musobaqa

OFK Kubogi 2004 yilda tashkil qilingan musobaqa bo'lib, bu yilgisi aslida 18-musobaqa sifatida tarixga kirishi lozim edi, biroq o'tgan yil pandemiya sabab OFK Kubogi o'tkazilmadi, shu bois 17-marta tashkil etilayotgan turnir desak to'g'ri bo'ladi. Yaxshi bilasiz, 2011 yil "Nasaf" Anatoliy Demyanenko qo'l ostida aynan shu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgandi. Mana oradan o'n yil o'tib "Nasaf" yana bir bor chempion bo'lish maqsadida OFK Kubogida o'ynaydi. Bu safar 10 yil oldin Demyanenko murabbiylar shtabida bo'lgan Ro'ziqul Berdiev kapitan bo'lib kemani boshqaradi. 


Barcha chempionlar

Quyida musobaqa joriy etilganidan beri barcha chempionlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. SHuni aytish joiz, Quvaytning "Quvayt SK" hamda Iroqning "Eyr Fors" klublari uch martadan musobaqa g'olibi bo'lishgan.

2004. "Al Jayish" (Suriya)

2005. "Al Faysali" (Iordaniya)

2006. "Al Faysali" (Iordaniya)

2007. "SHabab Al Ordon" (Iordaniya)

2008. "Al Muharraq" (Bahrayn)

2009. "Quvayt SK" (Quvayt)

2010. "Al Ittihod" (Suriya)

2011. "Nasaf" (O'zbekiston)

2012. "Quvayt SK" (Quvayt)

2013. "Quvayt SK" (Quvayt)

2014. "Al Qodisiya" (Quvayt)

2015. "Johor Darul Tazim" (Malayziya)

2016. "Eyr Fors" (Iroq)

2017. "Eyr Fors" (Iroq)

2018. "Eyr Fors" (Iroq)

2019. "Al Ahed" (Livan)

2020. Musobaqa o'tkazilmadi

2021. ???


CHempion OCHLga yo'l oladi

Bu yil OFK Kubogida g'olib chiqqan jamoa kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida o'ynash baxtiga muyassar bo'ladi. Lekin  guruh bosqichida emas, balki pley-off bahslarida. Agar pley-offdan o'tsa, unda guruhda kurashni davom ettiradi. 


Musobaqa 5 mintaqaga bo'lingan holda o'tkaziladi

OFK Kubogini o'tkazish oson emas. Osiyo chempionlar ligasida ikkita mintaqa bor: G'arbiy va SHarqiy. Lekin OFK Kubogida ishtirok etuvchi aksar klublar u qadar boy emasligi inobatga olinib, OFK mazkur musobaqani beshta mintaqaga bo'lib o'tkazishga qaror qilgan: G'arbiy Osiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo mintaqasi, Markaziy Osiyo mintaqasi, ASEAN mintaqasi va SHarqiy Osiyo mintaqasi. 

"Nasaf" Markaziy Osiyo mintaqasida kurash olib boradi. Ushbu mintaqada "Nasaf"dan tashqari Tojikistonning "Ravshan Kulob" va "Xo'jand", Turkmanistonning "Oltin Asr" va "Ahal" hamda Qirg'izistonning "Dordoy" va "Alay" klublari ham bor.

 

O'yinlar taqvimi

2020 yilning 11 noyabr kuni OFK 2021 yilgi musobaqa taqvimini tasdiqladi. Pandemiya sabab guruh o'yinlari markazlashgan tartibda o'tkaziladigan bo'ldi. SHuningdek, o'tish bosqichi, pley-off, yarim final va final uchrashuvlari ham katta ehtimol bilan bitta o'yindan iborat bo'ladi. 

2021 yilning 25 yanvar kuni musobaqani o'tkazish jadvali elon qilingan bo'lsa, 1 martda OFK markazlashgan tartibda o'tkaziladigan guruh o'yinlari mezbonlarini malum qildi. 


Guruh bosqichida nechta jamoa o'ynaydi?

Bu yilgi OFK Kubogi guruh bahslari 14 mayda start olib to 28 iyunga qadar davom etadi. Barcha mintaqalarni qo'shib hisoblaganda guruh bosqichida 39ta jamoa ishtirok etadi.

G'arbiy Osiyo mintaqasi - "A", "B", "C" guruhlari

Janubiy Osiyo mintaqasi - "D" guruhi

Markaziy Osiyo mintaqasi - "E", "F" guruhlari

ASEAN mintaqasi - "G", "H", "I" guruhlari

SHarqiy Osiyo mintaqasi - "J" guruhi


Guruhlar va jamoalar

Endi esa har bir guruhda qaysi klublar o'ynashi hamda guruh uchrashuvlariga kimlar mezbonlik qilishini keltirib o'tamiz.

"A" guruhi: "Al Ahed" (Livan), "Al Hidd" (Bahrayn), "Al Vahda" (Suriya), "Al Nasr" (Ummon). Guruh o'yinlari Bahraynda o'tkaziladi. 

"B" guruhi: "Al Salt" (Iordaniya), "Markaz Balata" (Falastin), "Al Ansar" (Livan), "Al Muharraq" (Bahrayn). Guruh o'yinlari Iordaniyada o'tkaziladi.  

"C" guruhi: "Tishriin" (Suriya), "Markaz shabab Al Amari" (Falastin), Al Faysali (Iordaniya), "Quvayt SK" (Quvayt). Guruh o'yinlari Iordaniyada o'tkaziladi.

"D" guruhi: "Moxun Bagan" (Hindiston), "Bashundxara Kings" (Bangladesh), "Maziya" (Maldiv), pley-off g'olibi. Guruh o'yinlari Maldivda o'tkaziladi. 

"E"guruhi: "Ravshan Kulob" (Tojikiston), "Dordoy" (Qirg'iziston), "Ahal" (Turkmaniston). Guruh o'yinlari Qirg'izistonda o'tkaziladi. 

"F" guruhi: "Nasaf" (O'zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston), Oloy (Qirg'iziston). Guruh o'yinlari Tojikistonda o'tkaziladi. 

"G" guruhi: "Xanoy" (Vetnam), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Boeing Ket" (Kambodja), pley-off g'olibi. Guruh o'yinlari qaerda bo'lishi malum emas. 

"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti" (Singapur), "Saygon" (Vetnam), "Persipura Jayapura" (Indoneziya). Guruh o'yinlari Singapurda bo'ladi. 

"I" guruhi: "Kaya Iloylo" (Filippin), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang Interneshnl" (Singapur). Guruh o'yinlari Singapurda bo'ladi. 

"J" guruhi: "Istern" (Gonkong), "Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi), "Atletik 220" (Mo'g'uliston), "Li Man" (Gonkong). Guruh o'yinlari Gonkongda bo'ladi.

 


"Nasaf" guruhidan faqat bitta jamoa keyingi bosqichga chiqadi

"Nasaf" joy olgan guruhni oddiy deb bo'lmaydi. Lekin qarshiliklarda birinchi o'rinni olish uchun yaxshi imkoniyat bor. SHuni eslatib o'tmoqchimiz, bu guruhdan faqat bitta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Bu borada esa "Nasaf"ga omad tilab qolamiz. 

"Nasaf" o'yinlari taqvimi:

14 may. "Nasaf" - "Oloy"

17 may. "Xo'jand" - "Nasaf"

20 may. "Nasaf" - "Oltin Asr"

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика