So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Nasaf": Hammasi uchun rahmat, Odiljon! Yangiliklar

"Nasaf": Hammasi uchun rahmat, Odiljon!

“Nasaf” futbol maktabini 2012 yilda tamomlab, avvalo yoshlarimiz tarkibida so'ng esa asosiy tarkibimizda to'p tepgan iqtidorli yarim himoyachimiz Odiljon Hamrobekov Toshkentning “Paxtakor” klubiga transfer qilindi.

Bundan buyon Odiljon “Paxtakor” klubi sharafini himoya qiladi.

Odiljon Hamrobekov jamoamiizdagi faoliyati davomida qator yutuqlarga erishdi. SHuningdek u mamlakatimizning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida yurtimiz shanini munosib himoya qilib, katta zafarlarni qo'lga kiritdi.

Birgina misol tariqasida uning 2018 yilda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritganligini aytib o'tish joiz va musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof ham etildi. U 2017 yildan milliy terma jamoamizga ham muntazam jalb etib kelinmoqda va shu paytgacha 9 marta rasmiy o'yinlarda maydonga tushdi.

Tarbiyalanuvchimiz  Odil Hamrobekovni  kelgusida bundanda katta yutuqlarni qo'lga kiritishiga ishonamiz.

Odiljonga klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda barcha muxlislarimiz nomidan klubimizdagi faoliyati uchun kattadan-katta tashakkurlar bildiramiz va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Hammasi uchun rahmat, Odiljon!

"Nasaf" PFK jamoasi

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика