"Nasaf" futbolchisi jamoani tark etdi
05 iyu 2023 19:22
Yangiliklar
"Nasaf" futbolchisi jamoani tark etdi
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi SHohmalik Komilov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Komilov "Nasaf" bilan xayrlashgan va ikkinchi davrani boshqa klubda boshlaydi.
Ayni paytda uning xizmatlariga Superliganing 2-3 klubidan qiziqish bor. Eng jiddiy qiziqish Yaypanning "Turon" klubidan.
Malumot uchun, SHohmalik Komilov bu mavsum "ajdarlar" safida barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.
Fikrlar