So’nggi yangiliklar

09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  0 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  7 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  1 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  1 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  3 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  27 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  29 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  3 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  31 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  17 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0

Nasaf futbol maktabidagi suniy maydonga etibor qaratish vaqti keldi Yangiliklar

Nasaf futbol maktabidagi suniy maydonga etibor qaratish vaqti keldi

Barchaga malum, Nasaf futbol maktabi O'zbekistonda o'z o'rniga ega va OFK tomonidan ikki yulduzli maqomi berilgan.

«Nasaf» futbol maktabiga 2009 yilda asos solingan. Bu dargohdan hozirgacha ko'plab charm to'p ustalari etishib chiqqan va bu jarayon davom etmoqda.

So'nggi yillarda «Nasaf» futbol klubining erishgan yutuqlarida ham futbol maktabining o'z o'rni bor. Hozir kunda jamoaning o'zagini ham aynan ushbu dargoh bitiruvchilari tashkil etadi. Bundan tashqari «Nasaf» futbol maktabi turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchilarni etkazib bermoqda.

O'z vaqtida «Nasaf» futbol maktabida futbol sir-asrorlarni o'rgangan Azizjon G'aniev, Odil Xamrobekov, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Bobir Abdixoliqovlar hozirda O'zbekiston va BAA va Belarus klublarida to'p tepishmoqda.

Yuqorida keltirib o'tgan yutuqlarimiz bu o'z vaqtida «Nasaf» futbol klubida bolalar futboliga alohida etibor berilgani samarasidir.

Ammo vaqt barcha narsaga o'z hukmini o'tkazadi. Yangi qurilgan imoratlar ham vaqt o'tib eskira boshlaydi. Hozirgi kunda «Nasaf» futbol maktabi suniy maydoni ham o'z xizmat vazifasini o'tab bo'lgan. So'nggi o'n yillikda ko'plab futbolchilarni etkazib berishda xizmat qilgan maydonning hozirgi holatini yaxshi holatda deb bo'lmaydi. To'g'ri futbol maktabda yana ikkita tabiiy maydon ham mavjud lekin qish mavsumida tabiiy maydonlarda shug'ullanib bo'lmaydi. Tarbiyalanuvchilar esa guruhlarga bo'linib har kuni suniy maydonda shug'ullanishlariga to'g'ri keladi.

«Nasaf» futbol maktabidagi suniy maydon 2009 yilda barpo etilganini inobatga olsak, u o'z vazifasini alo darajada o'tab bo'ldi. Agar biz kelasi o'n yillikda yangi yulduzlarni kashf etishni xohlasak futbol maktabining moddiy texnik bazasini tubdan yangilashimiz zarur va bu albatta o'z mevasini beradi.

Biz «Nasaf» futbol klubi tanqid qilishdan yiroqmiz. «Nasaf» jamoasi yoshlar bilan ishlashda etakchilardan biri hisoblanadi va bu borada klubda ishlar yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ammo futbol jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu maydonlarda O'zbekistonning, «Nasaf»ning kelajagi bo'lgan bolajonlar shug'ullanishmoqda.

Biz mutasaddilardan shu jihatga ham alohida etibor berishlarini so'rab qolamiz.

Quyida futbol maktabidagi suniy maydonning avvalgi va hozirgi holatini aks etgan fotolarni ko'rishingiz mumkin:





Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика