“Nasaf” Faysal Traoreni nega Turkiyaga olib ketmadi?
08 fev 2020 14:06
Yangiliklar


“Nasaf” Faysal Traoreni nega Turkiyaga olib ketmadi?
Xabaringiz bor, ivuarlik yarim himoyachi Faysal Traore va polshalik markaziy himoyachi Maykl Pavlik “Nasaf”ning Qarshidagi yig'inlarida ishtirok etayotgan edi.
Oradan biroz vaqt o'tib “Nasaf” rahbariyati polshalik legionerni ortiga qaytarib yuborgan bo'lsa, yigirma yoshli Traoreni Qarshida olib qolgan edi. Lekin negadir u “ajdarlar”ning Turkiyadagi yig'iniga jalb etilmadi?
Malum bo'lishicha, “Nasaf” Traore bilan ikki yillik shartnoma tuzgan va klub rahbariyati katta ehtimol bilan uni Pro-ligaga tushib ketgan Samarqandning “Dinamo” klubiga ijaraga berib yuborishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar