“Nasaf” Dubay shahriga etib bordi FOTO
16 mar 2015 14:34
Yangiliklar

“Nasaf” Dubay shahriga etib bordi FOTO
Bugun ertalab Toshkentdan parvoz qilgan “Nasaf” jamoasi uch soatlik parvozdan so'ng Dubay shahriga etib bordi.
Jamoa delegaciyasini “Al-Ahli” klubi rasmiylari aeropohtda kutib olishdi.
Bu haqda “Nasaf” PFK rasmiy tvitter sahifasi xabar bermoqda. “Nasaf” Dubay shahridagi “Movenpick” mehmonxonasiga joylashgan.
Futbolchilar biroz hordiq chiqarishgach o'yinga tayyorgarlikni boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, OCHL “D” guruhining 3-tur doirasida “Nasaf” jamoasi BAAning “Al-Ahli” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 18 mart chorshanba bizning vaqt bilan 21:35 boshlanadi. Ushbu uchrashuvni “Sport” telekanali to'g'ridan-to'g'ri namoyish qiladi.
“Nasaf” jamoasini bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlash uchun Yurtimizdan 100 nafarga yaqin ashaddiy muxlislar ham Dubayga yo'l olishdi. Kecha ularning 50 nafari Dubay shahriga ketishgan bo'lsa, qolgan muxlislar o'yin kuni Dubayga etib borishni mo'ljallashgan.

Fikrlar