So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

"Nasaf" cho'kmayapti - CHO'KTIRILYAPTI! Aybdorlar kema ichida Yangiliklar

"Nasaf" cho'kmayapti - CHO'KTIRILYAPTI! Aybdorlar kema ichida

Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 16-turida "Navbahor"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Nasaf

Superliga. 16-tur

29/08/2021, 19:00

1
:
0
Tugadi

Navbahor

Kosta Guttiner - 83'

45'
90'
67'  Doniyor Narzullayev (Andriya Kaluderovich)
67'  Abubakrrizo Turdaliev (Marko Stanoevich)
72'  Oybek Bozorov
81'  Akmal Mozgovoy
82'  Dilshod Saitov (ZHo'rabek Mannonov)
89'  Akmal Mozgovoy (Sukhrob Nurulloyev)
89'  G'olib G'aybullaev (Bahrom Abdurahimov)
47'  Davron Hoshimov
51'  Sardor Telyakov
65'  Quvondiq Ro'ziev (Kosta Guttiner)
65'  Zabihillo O’rinboyev (Ibrohim G'anixonov)
83'  Kosta Guttiner
83'  Ibrohim G'anixonov
90'  Sardor Telyakov (Ilhom Alizhonov)
90'  Ehsoni Panshanbe (Abbos G'ulomov)

Mazkur o'yindan keyin "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev "yorildi". Bu bizning etiborimiz beixtiyor Qarshiga qaratalishiga sabab bo'ldi. Rostan ham klub rahbariyati va murabbiylar shtabi o'rtasida kelishmovchilik bormi, futbolchilarga kerakli sharoitlar yaratib berilmayaptimi? Quyida shu haqda.

"Ahal"ga qarshi OFK kubogi doirasidagi o'yinni yoritish mening chekimga tushgani bois 24-25 avgust kunlari Qarshida bo'lib qaytdim. Ashxobod klubi bilan o'yin yakuniga etgach, kasbimiz taqozosi tufayli tungi 00:30 larga qadar stadionda qolishga majbur bo'ldik. 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev bahsni O'FA mutasaddilari va Srechko Katanec bilan birgalikda kuzatganidan xabaringiz bor. O'yindan keyin "Nasaf" rahbariyati martabali mehmonlarni kuzatayotganini ko'rib, intervyu olish maqsadida ularga yaqinlashdim. Ammo imkoni bo'lmadi. Ermatov, Isoqov, Haydarov, Katanec singari poytaxtdan kelgan martabali mehmonlar ketganidan keyin "ajdarlar" bosh menejeri Sergey Kucherenko asabiy holatda baqira boshladi. Hayron qoldim. G'alaba bor, "Nasaf" keyingi bosqichga yo'llanma olgan bo'lsa, Sergey Petrovich jamoa azolaridan nega norozi bo'lishi mumkin?

Hayratim uzoqqa cho'zilmadi. Birozdan keyin stadion ishchilari orasida pichir-pichir boshlanib ketdi: "Yo'q, prezident o'ynashni istamaganlar ketaveringlar, debdi". 

Malum bo'lishicha, g'alabadan keyin futbolchilar kiyinish xonasida jamoa rahbariyatini uzoq kutib qolishgan. Klub prezidenti kirib kelgach esa o'yinchilar maosh va mukofot pullari bilan bog'liq muammolar, sharoitlarning yomonligidan noligan. SHunda prezident kimga hozirgi sharoitlar yoqmayotgan bo'lsa, bemalol erkin agent sifatida ketishi mumkinligini bildirgan. Bu o'z-o'zidan klub azolarining kayfiyatini tushirib yubordi va "Navbahor" bilan o'yindan keyin Berdievning "tilga kirishiga" sababchi bo'ldi. Mazkur mutaxassis bunday bayonotni birinchi marta berayotgani yo'q. Xo'sh, Berdievni faqat moliyaviy muammolar bezovta qilyaptimi?

2 qo'chqorning kallasi 1 qozonda qaynamaydi

Barchasi 2018 yilning 15 mayida boshlangan edi. O'sha kuni jamoa bosh menejeri bo'lib kelgan SHamil Yarulinning o'rnini "Nasaf" akademiyasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan Sergey Kucherenko egalladi. Bu esa jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning vakolatlarini keskin qisqartirdi. Ushbu mutaxassis xuddi Mirjalol Qosimov AGMKda, SHota Arveladze "Paxtakor"da, Hamidjon Aktamov "Qizilqum"da bo'lgani kabi nisbatan kengroq vakolatga ega bo'lishni istaydi. Sport jurnalistlari bu juftlik o'rtasidagi nizoli holatdan xabardor. Yanada aniqroq malumot olish maqsadida bugun klub atrofidagi kishilardan biri bog'lanib ko'rdik. Afsuski, u barcha gumonlarimizni tasdiqladi. Malum bo'lishicha, ayni paytda klubdagi ichki muhitga umuman havas qilib bo'lmaydi. "Nasaf" ayni paytda 2 lagerga bo'linib ketgan: bir tomonda Berdiev va uning futbolchilari bo'lsa, narigi tomonda jamoa rahbariyati. Ikki tomon ham narigisining klubdan ketishini istaydi. Ammo...

Otish uchun o'q yo'q (Har 2 tomonda ham)

Ro'ziqul akaning fikricha, jamoa rivojlanishi uchun Kucherenko "Nasaf"dan ketishi kerak. Biroq klub prezidenti Sergey Petrovichni qo'llab-quvvatlaydi.

O'z navbatida rahbariyat ham Berdievning ketishini istaydi. Ammo mutaxassisning jamoa muxlislari orasidagi mavqeyi bunga yo'l qo'ymaydi.

CHetlatish operaciyasi ish bermadi

Yodingizda bo'lsa, joriy mavsum startidan avval "Nasaf"da yana tushunarsiz voqeliklar sodir bo'lgandi. Rahbariyat futbolchilar va murabbiy bilan shartnoma imzolash masalasini maksimal ravishda kechiktirdi. Bizga malum bo'lishicha, bu orqali Berdievni jamoadan chetlatib, boshqa mutaxassis olib kelish ko'zlangan. Hattoki, "Nasaf" rahbariyati Aleksandr Xomyakov bilan og'zaki kelishuvga ham erishgan. Lekin Ro'ziqul Berdiev jamoani shug'ullantirishda davom etgan. Garchi shartnomasi bo'lmasa ham. SHundan keyin rahbariyat unga yangi bitim taklif qilishga majbur bo'ladi.

Navbat murabbiyga

Ro'ziqul Berdiev vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilyapti. U bugun klub rahbariyati bilan jiddiy gaplashib olishini aytdi. SHu o'rinda alohida takidlash lozimki, Berdievning klub siyosatiga tasir o'tkazishga urinishi mutlaqo xato. Afsuski, o'zbek futbolidagi aksar jamoalarda ob-u havoni, siyosatni bosh murabbiylar hal qiladi. Kucherenko esa boshqa klublarda bo'lgani kabi qo'g'irchoq direktor bo'lib qolishni istamaydi. Bu borada Sergey Petrovich tutayotgan yo'l to'g'ri. Ammo uning o'zi vazifalarini ko'ngildagidek bajarib qo'ysa, balki Berdiev bugun etiroz bildirolmasdi. Xabaringiz bor, "Nasaf" o'tgan mavsum kumush medallarga ega chiqqan bo'lsa-da OCHL emas, OFK kubogida ishtirok etishga majbur bo'lmoqda. Licenziyalash talablarining bajarilmaganiga aynan Kucherenko javobgar.

Xullas, "Nasaf"dagi ichki muhit juda achinarli holatda. Klub 2 qutbga bo'linib ketgan. Rahbariyat Berdievning iznisiz futbolchilar istiqomat qiladigan bazaga kirolmayapti. Vaziyatni yumshatishning aniq yo'li bor: yo Berdiev, yoki rahbariyat klubni tark etishi kerak. Aks holda, o'rtadagi nizodan faqat klub va uning muxlislari jabr chekishda davom etadi. 

p.s. Aravaga 1 juft ot qo'shilgan. Ular turli tomonlarga yugurishmoqchi. Bu erda faqat aravakashning mahorati barchani qutqarib qolishi mumkin.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика