So’nggi yangiliklar

21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  1 21:10Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро" 1:0 (матнли трансляция)  5 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  0 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   14 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  7 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  3 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2

“Nasaf” - “Bunyodkor” Prevyu Yangiliklar

“Nasaf” - “Bunyodkor” Prevyu

Teglar :  NasafBunyodkor
SHu haftaning juma kunidan O'zbekiston Professional Futbol Ligasining 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

“Nasaf” bu turda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 19:30da boshlanadi.

O'zPFL 18-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Bunyodkor” (Toshkent)
18.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam:
Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Yordamchi hakamlar: Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: SHuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.
 
O'zaro uchrashuvlarga oid malumotlar
SHu paytgacha Oliy ligada bu ikki jamoa 21 marotaba kuch sinashishgan. O'tkazilgan o'yinlarning 10 tasida “Bunyodkor”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari uch o'yinda g'alaba nashidasini surishgan. To'plar farqi – 12:29  “qaldirg'ochlar” foydasiga.

Bu jamoalar o'rtasidagi  birinchi davra uchrashuvi Toshkentda bo'lib o'tdi. Unda “ajdarlar” 3:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.  

Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar
“Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari Qarshida 10 bor kuch sinashishgan. SHundan 2tasida “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor” ham Qarshidan 2 marta uch ochko bilan qaytgan. Qarshidagi 6 uchrashuvda o'zaro durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 11ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 6:5. “Nasaf” foydasiga.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda “Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0 ga teng. “Bunyodkor”ning yirik g'alabasi esa – 5:0.

“Nasaf” so'nggi bor “Bunyodkor”ni Qarshida 2014 yili mag'lub etgan. “Bunyodkor” jamoasi esa Qarshida so'nggi g'alabasini 2010 yili nishonlagan.

Qiziqarlisi, “Nasaf” o'z tarixida “Bunyodkor”ni Qarshida Berdiev boshchiligida ilk marta 2013 yili mag'lub etgan.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv natijalari:
28.05.2016. “Nasaf” – “Bunyodkor”  1:1
26.10.2015. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0
19.05.2014. “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
03.11.2013. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0
26.08.2012. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0
 
Jamoalarning turnir jadvalidagi holati


Ayni paytda “Nasaf” jamoamiz 29 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 25 ochko bor. Ular turnir jadvalining 6-pog'onasida borishmoqda.

Jamoa to'purarlari

“Nasaf” jamoamiz futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasiga 27ta to'p kiritishgan. O'z darvozasidan esa 15ta to'p o'tkazib yuborgan. “Ajdarlar”ning barcha gollariga jami o'n ikki nafar futbolchiimiz mualliflik qilishgan. Ayni paytda jamoamiz to'purari Dragan CHeran bo'lib turibdi. Uning hisobiga 10ta gol yozilgan.

“Bunyodkor” jamoasi bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasini 17 marta ishg'ol qilishib, o'z darvozalaridan 16t to'p olib chiqishgan. “Qaldirg'ochlar”ning gollariga jami 6 nafar futbolchisi muallif bo'lgan. Jamoning ayni paytdagi to'purari Dostonbek Hamdamov hisoblanadi. Uning hisobiga 9ta gol yozilgan.

Jamoalar 18 avgust kuni o'zaro 22-uchrashuvda kuch sinashishadi. “Nasaf” o'zining oliy ligadagi 606-uchrashuvida maydonga tushadi. Jamomiz o'z tarixidagi 340-g'alabasini nishonlash arafasida turibdi.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida 17 avgust kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:45da boshlanadi.

Barcha futbol shaydolarini ana shu qiziqarli uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика