“Nasaf” bugun “Ural” (Ekaterinburg) jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi
02 fev 2014 09:03
Yangiliklar


“Nasaf” bugun “Ural” (Ekaterinburg) jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi
Nazorat uchrashuvida jamoaning raqibi Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Ekaterinburg shahrining “Ural” jamoasi bo'ladi.
“Ural” jamoasi 2013 yildan yana RPLda
ishtirok etmoqda. Kuni kecha “Ural” klubi Abu-Dabi shahrida Moskvaning
“Spartak” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba
qozondi. Gollarni jamoaning vengriyalik legioneri Vladimir Koman
21-daqiqada va jamoa to'purari Spartak Gogniev 60-daqiqada penaltidan
kiritgan.
Jamoada Zabolotnyy, Novikov, Xozin, Belozerov, Dancev,
Lungu CHisamba (Zambiya), Gorbanec, Fidler, Gerson Asevedo (CHili),
Berxamov, Vladimir Koman (Vengriiya), Dorojkin, Eroxin, Bochkov, Gogniev,
Stavpec kabi o'yinchilar faoliyat olib borishmoqda. Darvozabon Nikolay
Zabolotnyy yaqinda Moskvaning “Spartak” jamoasidan “Ural” safiga kelib
qo'shilgan.
“Ural” jamoasi RPL birinchi davrasidan so'ng 19 o'yinda
12 ochko to'plab, turnir jadvalining 15-pog'onasini band etib turibdi.
Eslatib o'tamiz RPLda 16 jamoa ishtirok etadi.
“Nasaf”ning bugungi
nazorat uchrashuvi BAA yig'inidagi yagona uchrashuv bo'ladi. Jamoa vakillari
BAAdagi yig'inni 5 fevral kuni yakunlashadi va 6 feral kuni u erdan Doha
shahriga, “Al-Jayish”ga qarshi OCHL-2014 pley-off uchrashvini o'tkazish uchun
jo'nab ketishadi.

Fikrlar