“Nasaf” bugun Turkiyada ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
25 jan 2015 09:58
Yangiliklar

“Nasaf” bugun Turkiyada ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Turkiyaning Antaliya shahrida qishki o'quv yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi bugun birinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Bugungi raqib Ozarboyjonning Gabala shahri klubi “Gabala” jamoasi bo'ladi. Ushbu professional futbol klubi 1995 yili tashkil etilgan.
Ozarboyjon Premer-ligasida 10ta jamoa ishtirok etadi. Ayni paytda jamoalar davralararo tanaffusga chiqqan. “Nasaf”ning bugungi raqibi hozirgi paytda turnir jadvalini 6-pog'onasini egallab turibdi. Ular 16ta o'yin o'tkazgan va 19 ochko to'plashgan.
Jamoa tarkibida Braziliya, Portugaliya, Senegal, Ukraina va Rossiya kabi davlatlardan o'yinchilar bor.
Eslatib o'tamiz, ayni kunda “Nasaf” jamoasi to'liq tarkibda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievning aytishicha yig'in mobaynida ukrainalik o'yinchini ham ko'rikdan o'tkazadi.

Fikrlar