“Nasaf” bugun “SHo'rtan” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi
24 iyu 2015 10:45
Yangiliklar


“Nasaf” bugun “SHo'rtan” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 17 iyuldan boshlab Qarshi shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Avval xabar berganimizdek, jamoa tarkibini rasman Botir Qoraev va Ilhom Yunusov tark etishdi. SHuningdek, etti nafar futbolchi – Eldorbek Suyunov, Ilhom SHomurodov, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, SHohrux Gadoev, SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Jamoaning sloveniyalik legioneri Rok Roy safga qo'shilgan bo'lsa, jamoa sardori Artur Gevorkyan tez orada tatildan safga qaytadi. Jamoa murabbiylar shtabi ayni paytda O'zbekiston jamoalari orasidan hujumchi izlashmoqda. Yangi mavsum boshlanguniga qadar tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
“Nasaf” – “SHo'rtan” jamoalari nazorat uchrashuvi bugun, 24 iyul kuni “Bunyodkor” stadioni mashg'ulotlar maydonida soat 19:00 da o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar