So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

“Nasaf” bugun Ruminiya klubiga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

“Nasaf” bugun Ruminiya klubiga qarshi o'ynaydi

Antaliyada yangi mavsum tayyorgarliklarini olib borayotgan “Nasaf” bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun "Nasaf"ga Ruminiyaning Botoshani shahrining “Botoshani” klubi raqiblik qiladi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 20:00da boshlanadi.
 
“Botoshani”  klubi 2001 yili tashkil etilgan. Jamoani ruminyalik mutaxasis Leontin Grozavu boshqaradi. Uy o'yinlarini Botoshani shahridagi “Municipial” stadionida o'tkazadi, sig'imi 12 0000 o'rin.
 
“Botoshani” 2003/04dan 2013 yilgi mavsumgacha Ruminiya quyi ligasida faoliyat yuritgan. 2013 yildan esa Ruminiya oliy divizionida ishtirok etib kelmoqda. 2014/15 yilgi mavsumni 8-o'rinda tamomlagan mazkur klub, o'zidan yuqorida bo'lgan 4ta klubning UEFA licenziyalash jarayonidan o'ta olmagani uchun Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 2015/16 yilgi mavsumda “Botoshani” Evropa ligasi saralashining 2 bosqichida Polshaning “Legiya” klubiga mag'lub bo'lib, ligadagi ishtirokini yakunlagan.
 
Jamoa safida mahalliy futbolchilar bilan birga braziliyalik, argentinalik, bolgariyalik va litvalik  futbolchilar to'p tepishadi.
 
Yuqorida aytib o'tganimizdek bugungi nazorat uchrashuvi bizning vaqt bilan 20:00da boshlanadi. Uchrashuv Antaliyaning Belek turizm markazining “Papillon Ayscha Hotel” mehmonasi futbol maydonida bo'lib o'tadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика