"Nasaf": Bugun “Qo'qon-1912” bilan o'ynaymiz
06 avg 2017 12:02
Yangiliklar
"Nasaf": Bugun “Qo'qon-1912” bilan o'ynaymiz
O'zPFL 16-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
06.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylalov (Toshkent)
Zaxira hakami: Dilshod Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent)
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.
Bu uchrashuv jamoalarning oliy ligadagi o'zaro 16-uchrashuvi bo'ladi. Mazkur jamoalar chempionatda umuman o'zaro durang o'ynashmagan. SHubhasiz, bugun “ajdarlar” g'alaba uchun maydonga tushishadi. Bu g'alaba “Nasaf”ni turnir jadvalida 2-pog'onaga ko'tarilib olishiga imkon yaratadi.
Qiziqarlisi, bu yilgi futbol mavsumida jamoalar o'zaro to'rtinchi bor tuqnash kelishmoqda. SHulardan ikkitasi kubok bahslari bo'lsa, bugun chempionatning ikkinchi uchrashuvidir.
“Nasaf” va “Qo'qon-1912” bir-birlarini juda yaxshi o'rganib bo'ldi. Bu ham o'yinga qiziqishni ortirishi turgan gap.
Bugun yakshanba – dam olish kuni. Yangilangan misli Evropacha ko'rinishga ega bo'lgan “Markaziy” stadion, Siz futbol ishqibozlarini kutmoqda.
SHunday ekan, “Markaziy”ga tashrif buyuring, stadiondagi o'zgarishlarga guvoh bo'lish bilan birga, murosasiz futbol uchrashuvini ham tomosha qiling. Maroqli hordiq chiqaring.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar