“Nasaf” BAA yig'inini yakunladi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2016, 08:07
12 kuni davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay va Abu Dabi shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazgan “Nasaf” futbolchilari 7 fevral kuni O'zbekistonga qaytishadi.

Yig'in davomida futbolchilarimiz to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Dastlab Janubiy Koreya chempioni “Chonbuk Motors” jamoasi ikkita tarkibda uchrashuv o'tkazilgan bo'lsa (0:0, 3:5), keyingi bahsda Xitoyning “Xenan” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. So'ngi bahs esa Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi bilan o'tkazildi (2:4).

“Nasaf” delagaciyasi 7 fevral kuni Sharja-Toshkent aviayo'nalishi orqali yurtimizga qaytib keladi. Qisqa tanaffusdan keyin futbolchilarimiz Qarshidagi qarorgohlarida to'planishadi va 17 fevral kuni “Paxtakor”ga qarshi O'zbekiston superkubogi uchun kechadigan bahsga tayyorgarlikni boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz