“Nasaf” Andijonga etib keldi
01 avg 2015 15:21
Yangiliklar


“Nasaf” Andijonga etib keldi
2 avgust kuni futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionati 2-davra bahslariga start beriladi.
16-tur bellashuvini “Nasaf” futbolchilari safarda “Andijon” jamoasi bilan o'tkazishadi. 1 avgust kuni erta tongda qarshilik futbolchilar Andijonga etib kelishdi va shahardagi “Karvonsaroy” mehmonxonasiga joylashishdi. Tushga yaqin jamoamiz azolari o'yin o'tkaziladigan “Sog'lom avlod” stadionida mashg'ulotlar o'tkazishdi.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Nasaf” jamoalari uchrashuvi 2 avgust, yakshanba kuni soat 18:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
15:52
“Taklif ustida uzoq o'ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv” – Maksim Shackixdan dastlabki fikrlar 37

Fikrlar