"Nasaf" - "Andijon". Mehmonlar safida Ilesku emas Dilshod Jo'raev gol urgan
30 iyu 2016 10:34
Yangiliklar
"Nasaf" - "Andijon". Mehmonlar safida Ilesku emas Dilshod Jo'raev gol urgan
Kecha O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bahsda hisobni mehmonlar penaltidan ochishdi. Kecha golni "Andijon"ning legioner futbolchisi Denis Ilesku urgani haqida malumot berilgandi. "Andijon" klubi vakili Ulug'bek Mirzaev vaziyatga oydinlik kiritdi. Malum bo'lishicha, penaltidan golni Ilesku emas Dilshod Jo'raev urgan.
Fikrlar