"Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuviga chipta yutib olgan muxlislar aniq
01 mar 2018 19:05
Yangiliklar


"Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuviga chipta yutib olgan muxlislar aniq
"Xavini ko'rishni istaysizmi? Marhamat" nomli chop etilgan xabarda viktorina shaklida "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuviga 5ta chipta o'ynalgandi.
Viktorina shartiga ko'ra,Superliga tarixidagi dastlabki gol muallifi kim bo'lishini topgan birinchi beshta muxlislarga chipta taqdim etilishi aytilgandi.
Navoiyda boshlangan Superliga doirasidagi “Qizilqum” (Navoiy) – “Lokomotiv” (Toshkent) uchrashuvida "temiryo'lchilar" hujumchisi Marat Bikmaev ilk golni urishga muvaffaq bo'ldi.
Tarixiy golga Marat Bikmaev mualliflik qilishini topgan ilk besh nafar muxlislar quyidagicha: "gm_buhgalter", "samdinamo_sam", "Pakhtakor uz chempion live", "Akmal Zarkent", "Sayfiddin Anvarov".
Quyida g'olibga aylangan ishqibozlar, yani saytimiz o'quvchilari izohda o'z telefon raqamlarini yozib qoldirishlarini so'raymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar