So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

"Nasaf" "Al Sadd"ni mag'lub etdi FOTO Yangiliklar

"Nasaf" "Al Sadd"ni mag'lub etdi FOTO

Teglar :  NasafAl Sadd
Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasidagi "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvidan reportajni taqdim etamiz.

                       YANGILASH


Nasaf Qarshi

Azizjon Ganiev - 62'

AFC Champions League Grp. C . 3-tur

05/03/2018, 17:30

0
:
1
Tugadi

Al-Sadd

45'
90'
62'  Azizjon Ganiev
79'  Islom Kenzhaboev (Makhsud Karimov)
87'  Jasur Hasanov (Sharof Mukhiddinov)
90'  Islom Rashidkhanov (Jahongir Aliev)
60'  Boualem Khoukhi (Hassan Al Haidos)
71'  Yasser Aboubaker Essa (Ali Assadalla)
81'  Jugurtha Hamroun (Hassan Palang)

"Nasaf" hamda "Al Sadd" tarkibida bittadan jiddiy yo'qotish mavjud. Ro'ziqul Berdiev bugun Dragan CHeran xizmatidan foydalana olmasa, Jezualdu Ferreyra Xavini maydonga tushira olmaydi.

"Nasaf"da bugun Islom Rashidxonov Dragan CHeran maydonda bajargan funkciyani bajaradi. Yani Rashidxonov bugun hujumchi ortida harakat qiladi. Tarkibda boshqa kutilmagan o'zgarish yo'q. Berdiev bugungi bahsga odatdagi 4-2-3-1 taktikasini qo'llagan.

Muxlislar tashrifi davom etmoqda

Bobir va Azizning kayfiyati alo!

"Nasaf"ning haqiqiy tayanchi - Odil Hamrobekov

"Nasaf" bugun shunday fidoyi ishqibozlari uchun ham g'alaba qozonishi shart!

Siz kutgan rasm! Doniyor Narzullaevning holati ancha yaxshi. Futbolchi bugun "Nasaf"ga ishqibozlar safida o'yinni kuzatadi.  Tez orada esa mashg'ulotlarni boshlaydi...


- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini tugatishdi va kiyinish xonasiga yo'l olishdi.

- Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

O'YIN BOSHLANDI!

Stadiondagi muhit shunchaki super! Tribunalarda deyarli bo'sh joy yo'q!!!!

4. "Nasaf" muxlislar olqishi ostida raqibga yuqori bosim uyushtirishga harakat qilmoqda.

8. "Al Sadd" hujumga o'tdi. Qatarliklar uch marotaba ketma-ket burchak zarbasini amalga oshirishdi. "Nasaf" futbolchilari uchalasida ham ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.

9. "Al Sadd" tashabbusga egalik qilmoqda. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi.

10. Jugurta Hamrunning tepgan zarbasi noaniq ketdi.

13. Maydonning har bir qarichi uchun keskin kurash kechmoqda.

15. "Nasaf" hujumni kuchaytirmoqda. Jasur Hasanovning ajoyib zarbasidan keyin raqib darvozaboni to'pni qo'lidan chiqazib yubordi. Abdixoliqov qaytgan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.

16. "Nasaf" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi.

20. Islom Rashidxonov to'pni raqibdan olib qo'yib oldinga o'tayotganda qo'pollik bilan to'xtatildi. Hakam esa raqib futbolchisi Ahmedga ogohlantirish ko'rsatdi. Aziz G'anievning jarimadan tepgan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

21. Saydullo Rahmatov ogohlantirildi.

22. "Al Sadd"ning xavfli hujumi "Nasaf" baxtiga besamar ketdi.

24. Hasanov-G'aniev-Hamrobekov kombinacion o'yini Odilning kuchli zarbasi bilan yakunlandi. Zarbaga birozgina aniqlik etishmadi.

27. G'aniev uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Kuchli zarba mo'ljalga aniq bormadi.

29. Penalti so'rama, o'yna. Bu so'zlar "Al Sadd" futbolchilariga ataladi.

31. "Nasaf" o'yin tizginini o'z qo'liga olgan.

34. Himoyada aldama, aldama Umar! Eshmurodovning xatosi qimmatga tushishi mumkin edi.

38. "Nasaf" tashabbusni to'liq o'z qo'liga olgan. Hujumlar davom etmoqda. Hozircha faqat gol yo'q.

41. Islom Rashidxonov "Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumini uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi bilan yakunlamochi bo'ldi. Ammo zarba noaniq.

43. GOLLLL deb butun stadion baqirayotganda yon hakam bayroqchasini ko'tarib qoldi... Lukichning ajoyib uzatmasini Bobir Abdixoliqov golga aylantirgandi... Ehh

44. "Nasaf" super o'ynamoqda. O'yin bobida "Al Sadd"ga master-klass o'tmoqda desak ham bo'ladi.

Birinchi taym tugadi. Tanaffus!

46. Ikkinchi taym boshlandi. 

55. "Nasaf" futbolchilari ancha faol harakat qilishmoqda.

60. O'zgarish. "Al Sadd". Bualem Kuxi o'rniga Hassan Al Haydos tushdi

60. PENALTIIIIIIIIIIIIIIIII! ABDUXOLIQOV ISHLADI!!

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZIZJOOOOOOOOOOOON G'ANIIIIIIIIIIIIIIIIIIIEEEEEEEEEEEEEEEV! 


65. "Al Sadd"ning hujumi vaqtida raqib hujumchisi va Lukich to'qnashib ketdi. SHifokorlar unga yordam berishdi.

71. O'zgarish. "Al Sadd". Yosir Isa o'rniga Ali Asad

75. Bugungi o'yinni ko'rish uchun Qarshidagi "Markaziy" stadionga 20978 tomoshabin keldi

78. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! ABDUXOLIIIIIIIIIIQOOOOOOOV! Birga bir vaziyatda to'pni darvozabonning o'ziga tepdi

79. O'zgarish. "Nasaf". Islom Kenjaboev o'rniga Maqsud Karimov tushdi

81. O'zgarish. "Al Sadd". Jugurta Hamron o'rniga Hasan Ahmad tushdi

83. "Al Sadd"ning xavfli hujumi! Salimning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

87. O'zgarish. "Nasaf". Jasur Hasanov o'rniga SHarof Muhitdinov tushdi

88. "Al Sadd" hisobni tenglashtirish uchun hujumga zo'r bermoqda

90O'zgarish. "Nasaf". Islom Rashidxonov o'rniga Jahongir Aliev tushdi

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi

90+4. QANDAY VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Hasan Ahmad birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, noaniq! 

90+5. G'ALABA! G'A LA BA!!!!!!!! 


OCHL-2018
"S" guruhi, 3-tur

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar) 1:0
05.03.2018. "Markaziy" stadion
Gol:
Azizjon G'aniev 62 penalti, - 1:0.
Hakamlar: Iida Jumpei (Yaponiya), Ochi SHinji (Yaponiya), Karakami Satoshi (Yaponiya), Alibek Sapaev (Turkmaniston)
Nazoratchi: Husayn Milajerdi Askari (Eron)
Komissar: Li Sang Von (Janubiy Koreya)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G'aniev - 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov, 87), 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 90), 20.Islom Kenjaboev (4.Maqsud Karimov, 79) - 10.Bobir Abdixoliqov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 30.Xudoyorxon Sadullaev.

"Al Sadd": 1. Saad Alshii - 2.Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 12.Hamid Ismoil Halifa, 14.Abdulkarim Hassan, 37.Ahmed Suhail - 16.Bualem Kuxi (10.Hassan Al Haydos, 60), 20.Salim Ali Al Hajri, 96. Akram Afif, 5.Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 11.Bag'dod Baunedjax.
Zaxira: 4.Sayyar, 7.Musaab Xidir, 22.Mishal Barsham, 99.Ali Fereydun.  

Ogohlantirishlar:
Ahmed (19), Rahmatov (21),

Reyting: +216   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика