So’nggi yangiliklar

15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  0 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  1 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  3 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8

"Nasaf": “Al Ayn”dan irodali g'alaba Yangiliklar

"Nasaf": “Al Ayn”dan irodali g'alaba

Jamoamizning OCHLdagi guruh bosqichidagi raqibi “Al Ayn” jamoasi kecha BAA pro ligasi doirasida o'z maydonida Abu Dabining “Al Vahda” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Mazkur uchrashuvni kuzatish maqsadida Abu Dabi shahridan Al Aynga qarab yo'l oldik. Bir yarim soatdan oshiqroq yo'l yurgach belgilangan manzilga – Al Ayn shahridagi “Hazza bin Zayd” stadioniga etib keldik. Ko'rinishidan mashhur “Alyans Arena”ni eslatib yuboradigan mazkur stadion 2014 yilda foydalanishga topshirilgan bo'lib, o'z bag'riga 25174 nafar tomoshabinni sig'dira olarkan. “Al Ayn” va “Al Vahda” o'rtasidagi bahs principial ahamayatiga ega ekanligi bilan etiborli. SHu sababdan bo'lsa kerak juma kungi bellashuvni kuzatish uchun stadionga 20 mingdan oshiq tomoshabin tashrif buyurdi.

                                                                                                 

Stadion hududiga yaqinlashishingiz bilan o'yingoh  maxsus xodimlari chiptangizga qarab? siz o'yinni kuzatishingiz mumkin bo'lgan sektor tomon borishingizga ko'maklashishadi. Avtomashinalar joylashuvi ham aynan sizning qo'lingizdagi chiptaning toifasiga qarab belgilangan hududda joylashtiriladi.

Tezlikda o'zimiz uchun belgilangan sektorga yaqinlashdik va stadion qo'riqlash xizmati xodimlari dastlab chiptaning haqiqiyligini, so'ngra xuddi aeroportdagi singari har bir muxlisni maxsus tekshiruvdan o'tkazib, ichkariga kuzatib qo'yishdi. Bularning barchasi taxminan 30 soniyada amalga oshirildi.

Stadionga kirib kelishingiz bilan u erdagi muhit har qanday kishiga quvonch baxsh etishi shubhasiz. Jamoa ishqibozlari har bir sektorda maxsus do'mbiralar yordamida bir ovozda jo'r bo'lib “Al Ayn” futbolchilarini olqishlab turishdi. Stadion faqat futbol o'ynashga mo'ljallangan. Yugurish yo'lakchasi yo'q. Maydonda futbolchilar, maydon chetida videoperatorlar, fotomuxbirlar, qo'riqlash xizmati xodimlari o'z ishlarini ado etishmoqda.

Bevosita uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuvning birinchi bo'limida maydonda teng kurash kechdi. Ayrim vaziyatlarda “Al Vahda” futbolchilari tashabbusni o'z qo'llariga olishga ham erishishdi. SHunday hujumlarning birida, birinchi bo'lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda mehmonlar hisobni ochishdi. O'sha vaziyatda “Al Vahda”ning argentinalik legioneri mezbonlarning markaziy himoyachisini ajoyib tarzda ortda qoldirib, kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'lim boshidanoq mezbonlar hujumga zo'r berishdi. 56-daqiqada maydonga “Al Ayn” yulduzi Umar Abdulrahmon tushgach, bahsda tashabbus butkul Zlatko Dalich shogirdlari tomonida bo'ldi. Dastlab yaqindagina Yaponiya Jey ligasida “Al Ayn” safiga kelib qo'shilgan braziliyalik Duglas muvozanatni tikladi. O'sha vaziyatda u haqiqiy hujumchilarga xos tarzda harakat qilganini alohida taqidlash joiz. Maydon markazidan raqib jarima maydonchasi sari uzatilgan to'pni Duglas, garchi darvozaga orqa holatda turgan bo'lishiga qaramay, dastlab o'ziga mos tarzda to'xtatib oldi. Ikkinchi urinishda u to'pni o'zi uchun yanada qulay vaziyatga to'g'irlab, to'pga  uchinchi tegishda   darvozaga shu qadar kuchli zarb berdiki “Al Vahda” darvozaboni Odil Al Husaniy bu zarbani qaytarishga butkul ojiz edi. SHuni alohida takidlash kerakki, Duglas uch safar ham to'p bilan faqat chap oyoqda muomala qildi. 75-daqiqaga kelib muxlislar yoqimtoyi, “Al Ayn” sardori Umar Abdulrahmon o'yinga chiroyli nuqta qo'ydi. Aynan uning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozabon uchun mutlaqo kutilmagan traektoriyada to'rga yo'l oldi. Natijada yakuniy hisob 2:1 “Al Ayn” BAA pro ligasida eng yaqin taqibchisi “Al Ahli”dan ikki ochko ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, “Al Ayn” haqiqatan ham nafaqat BAAning, balki OCHLda ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Jamoaning o'yinini tarkibda to'p surayotgan legionerlar belgilab berishi ham sir emas. Maydon markazida braziliyalik Bastos va janubiy koreyalik Myong Ju Li, o'ng qanot yarim himoyasida kolumbiyalik tezkor yarim himoyachi Danilo Moreno va braziliyalik hujumchi Duglasning hatti harakatlari har qanday jamoaga jiddiy tashvish tug'dirishi aniq. Va albatta, jamoaning yuragi Umar Abdulrahmon. U maydonda haqiqiy sardor va etakchi ekanligini har bir o'yinda isbotlashga harakat qilib kelmoqda. Umuman olganda “Al Ayn” jamoa sifatida yaxshi shakllangan. Ammo futbolda mag'lub etib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q. “Nasaf” futbolchilari taqvim bo'yicha OCHLning 5- va 6-turida aynan ushbu jamoa bilan kuch sinashadi. Umid qilamizki, jamoamiz murabbiylari ushbu jamoaga qarshi kerakli o'yin uslubini tanlagan holda, muxlislarni xursand etadigan natijaga erishishadi.

Aziz NURIY,

Al Ayn, BAA.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика