So’nggi yangiliklar

16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  1 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  4 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  2 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  5 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  9 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  6 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  7 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  11 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  8 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  3 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  2 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  9 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4

“Nasaf” – “Al-Ayn” o'yinini Kim Dong Jin boshqaradi Yangiliklar

“Nasaf” – “Al-Ayn” o'yinini Kim Dong Jin boshqaradi

Teglar :  NasafAl Ayn
Osiyo chempionlar ligasining 5-turida jamoamiz Birlashgan Arab Amirligining “Al-Ayn” klubini o'z maydonida qabul qiladi.

Uchrashuv 19 aprel seshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda, soat 19:30da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvni mamlakatimiz futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Janubiy Koreyalik hakam - Kim Dong Jin boshqaradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Bang Gi Yol va Song Bongkuenlar yordam berishadi. Uchrashuvdagi to'rtinchi hakam sifatida Suriyalik hakam Masud Tufaylih ishlaydi. Hakamlar ishini Saudiya Arabistonidan Xalil Ibrohim Alhamdi nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib, Hindistonlik  Rufus Prins tayinlangan.

Osiyo chempionlar ligasi-2016 5-tur.

19 aprel, seshanba

 

“NASAF” (O'zbekiston) – “AL-AYN” (BAA)

Qarshi sh., “Markaziy” stadion. Soat 19:30da

Bosh hakam:  Kim Dong Jin (J.Koreya)

Qanot hakamlari:  Bang Gi Yol, Song Bongkuen (ikkalasi ham-J.Koreyadan)

Zaxira hakami:  Masud Tufaylih (Suriya)

Nazoratchi:  Xalil Ibrohim Alhamdi (Saudiya Arabistoni)

Uchrashuv komissari:  Rufus Prins (Hindiston)

 

Futbol ishqibozlarining yodida bo'lsa, Kim Dong Jin ilk marta Qarshiga  2011 yili tashrif buyurgan va u OFK Kubogi-2011 final uchrashuvini boshqargan edi. Uchrashuvda o'zingizga malum, jamoamiz Quvaytning “Quvayt SK” klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Kim Dong Jin bundan tashqari mamlakatimiz klublari ishtirokidagi 11ta uchrashuvda ham bosh hakam sifatida ishlagan.

Ushbu hakam, 2014 yilgi O'zbekiston Kubogi finalida “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvini ham boshqargan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика