So’nggi yangiliklar

23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  3 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  5 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  19 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  10 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  58 19:50Гари Невилл АҚШда дам олган Рэшфорд ва Каземирони танқид қилди  3 19:21"Реал" январда Эндрикни ижарага бермайди  0 18:59Жоау Канселу: "Ҳар доим "Барселона"га мухлислик қилганман"  2 18:35Сон Туркияда тўп тепиши мумкин  0 18:06Александр Ежов: "2-3 та вазиятни юз фоиз голга айлантиришимиз керак эди"  0

"Nasaf" 2018 yil chempionlik uchun kurashishi mumkin edi, Superkubokda chiroyli o'yindan ko'ra natija uchun kurash kechadi - Ro'ziqul Berdiev bilan eksklyuziv suhbat (matnli) Yangiliklar

"Nasaf" 2018 yil chempionlik uchun kurashishi mumkin edi, Superkubokda chiroyli o'yindan ko'ra natija uchun kurash kechadi - Ro'ziqul Berdiev bilan eksklyuziv suhbat (matnli)

O'zbek klublari fevral oyida Turkiyada mavsumoldi yig'inni o'tkazishdi.

"Championat.asia" saytidan ikki kishilik tarkib bilan Antaliyaga klublarimiz yig'inini yoritish uchun bordik. Ikki hafta davomida imkon qadar jamoalarimiz mashg'ulotlari va o'rtoqlik o'yinlarini yoritishga harakat qildik.

Turkiya safari davomida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdik. Kecha ana shu suhbatning video variantini etiboringizga havola etgan edik.

VIDEO  Superligada chempionlik uchun 50 ochko etsa kerak, Oybek Bozorov katta yo'qotish - Ro'ziqul Berdiev bilan eksklyuziv suhbat

O'quvchilarning iltimoslarini inobatga olgan holda bugun "ajdarlar" ustozi bilan intervyuning matnli variantini ham taqdim etamiz.

Tayyorgarlikning birinchi qismi Qarshidagi qarorgohimizda bo'ldi. O'shanda biz ikki bosqichda o'quv-yig'inini o'tkazdik. U mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga etibor qaratgan edik. Fevral oyiga kelib esa, ko'proq o'yinlar o'tkazish uchun Turkiyaga keldik. Turkiyadagi tayyorgarligimiz reja asosida o'tdi. Hamma o'yinlarimiz o'z vaqtida o'tkazildi va mashg'ulot olib borish uchun ob-havo yaxshi bo'ldi.

- Jamoaning bu yilgi selekciya ishlari haqida qanday fikrdasiz?

- Katta transferlar qilishga imkonimiz yo'q va asosiy etiborimizni o'tgan yilgi tarkibimizni saqlab qolishga qaratgan edik. Buni biz uddaladik. SHu sababli har bir poziciyaga saralab futbolchilarni taklif qildik. SHuningdek, biz asosiy etiborimizni akademiyadan chiqqan bolalarga qaratganmiz. SHu sababli ham biz SHarof Muhitdinovni jamoamizga qo'shib oldik. Uni yaxshi bilamiz va u orqali bo'shliqni to'ldirdik. Keyin qanot futbolchilari kerak edi va shu sababli Ivan Solovyovni taklif qildik. Hozircha bizda hujum chizig'ida muammolar bor. CHunki Norchaevning o'zi butun mavsum uchun kamlik qiladi. Bir narsani aytishim kerakki, biz uchta hujumchiga aniq taklif bilan chiqdik. Biz maksimal taklifni yubordik, lekin ular rozi bo'lishmadi. Biroq izlanishda davom etmoqdamiz.

Ko'p o'yinchilarimizni "Dinamo"ga berishimizga sabab ularni o'yin amaliyotiga ega bo'lishi edi.

- Norchaevning bir o'zi qiynaladi dedingiz. Bu yil Olimpiya terma jamoasida bir nechta yirik musobaqalar bor. Norchaev esa terma jamoamizning asosiy hujumchilaridan biri.

- To'g'ri aytdingiz, buni yaxshi bilamiz. SHu sababli ham hujum chizig'ini kuchaytirish uchun izlanishda davom etmoqdamiz. Anig'i shuki, biz hujumchi olishimiz kerak bo'ladi. Menimcha, mavsum boshlanishga qadar yangilik bo'ladi.


- Yangi kelgan futbolchilar — Ivan Solovyov va SHarof Muhitdinov haqida fikringiz. Biri o'tgan yili "Paxtakor"da asosan zaxirada qoldi. Solovyovning esa hozirda biroz ortiqcha vazni bordek.

- SHarofning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. U kelganida ancha formasidan chiqib ketgani ko'rinib qoldi. Biroq so'nggi o'yinlarda ancha yaxshi sport formaga kirib oldi. U o'tgan yilning ikkinchi davrasida "Paxtakor"da asosan zaxirada qoldi. Ivanning mahoratiga hech qanday shubha yo'q. U mavsum yakunlanganidan so'ng ikki oy mashg'ulot olib bormadi. Bizga kelganida unga shuni aytdik va sekin-sekin vazn yo'qotmoqda. Ivan Solovyov jamoamizga qo'shilib ketishiga biroz vaqt kerak bo'ladi.

- Yaqinda jamoa rahbariyatida o'zgarish bo'ldi. Hozirgi rahbariyat bilan qanday aloqadasiz?

- Jamoamizning ichki muhiti haqida bazida yolg'on xabarlar tarqaldi, biroq bizda hech qachon yomon munosabatlar bo'lmagan. Jamoa ichida bahsli hodisalar bo'lishi mumkin. "Nasaf"da doim muhit yaxshi bo'lishi kerak. Qanday kamchilik bo'lishidan qatiy nazar biz doim birga bo'lganmiz. Hozirgi rahbariyat bilan hali ko'rishmadik (suhbat 15 fevral kuni uyushtirilgan - tahririyat). CHunki tayinlov vaqtida biz allaqachon Toshkentda edik. U insonni futbolga qiziqadi deb aytishdi. Borganimizdan so'ng ular bilan o'tirib, suhbatlashamiz. Nima kerak bo'lsa, birgalikda hal qilamiz.

- Oxirgi mavsumlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Nasaf" eng sifatli legionerlarni olib kelmoqda (CHeran va Stanoevich). "Nasaf"da o'ynab ketgan CHeran so'nggi yillarda O'zbekistoning eng zo'rlaridan biri. Legioner tayinlovida sizga chetdan skautlar yordam beradimi?

- Biz bunga juda ehtiyot bo'lamiz. CHunki kelgan xorijlik futbolchini jamoa yaxshi qabul qilishi kerak. Uni o'z o'yinchisidek himoya qilishi kerak. O'shandagina o'sha futbolchi bor mahoratini ko'rsatib berishi mumkin. Undan tashqari, legionerning darajasi, statistikasiga etibor qaratamiz. Eng asosiysi, uning xarakteri, insoniylik taraflariga qattiq qaraymiz. Biz uch-to'rtta legioner olmaymiz, ularning o'rniga bitta-ikkita yaxshi saviyadagi legionerni olamiz.

- Jamoada ichki muhitni yaxshi bo'lishi nafaqat murabbiylar, balki futbolchilarga ham bog'liq...

- Futbol ham hayotga o'xshaydi. Futbolchi jamoadagi hayotidan zavq olishi kerak. Futbolchi o'z ishidan zavq olsa, hammasi yaxshi bo'ladi. Bu ko'proq murabbiylarga bog'liq, biz bu haqida ko'proq gapirishimiz lozim. Ularga buni chuqurroq tushuntirib berishimiz kerak. SHu sababli biz va futbolchilar orasida doim yaxshi munosabat bo'ladi. Jamoada o'ynab ketgan futbolchilarning ko'pi biz bilan yaxshi aloqada qolgan. "Nasaf"dan norozi bo'lib ketgan futbolchini bilmayman. Jamoa ham bir oila!

- Futbolchilarning xarakteri haqida gapirdingiz. Odatda murabbiylar xarakteri og'ir futbolchilarni chetga sura boshlaydi. Sizning faoliyatingizda ham shunday holatlar bo'lganmi?

- Menda bunday voqea bo'lmagan. To'g'ri xarakteri og'ir futbolchilar bo'ladi, lekin jamoaning manfaati doim birinchi bo'lishi kerak. Unga shuni to'g'ri tushuntirishingiz kerak. Agar siz unga adolatli bo'lsangiz, o'sha futbolchi barchasini to'g'ri tushunadi. SHu sababli ham vaziyatga to'g'ri yondashsak, barchasi yaxshi bo'ladi. Ikki tomon ham bir-birini to'g'ri tushunishi kerak.


- Mavsumdagi ilk uchrashuvingizni 27 fevral kuni O'zbekiston Superkubogida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazasizlar. "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi so'nggi yillarda dahshatli o'tmoqda. Bo'lajak bahsda "Nasaf"ning imkoniyatlari haqida qanday fikrdasiz?

- Imkoniyat har ikki jamoada ham bor deb o'ylayman. To'g'risini aytganda, so'nggi yillarda har ikki jamoa ham boshqalarga nisbatan ancha mazmunli o'yin ko'rsatishmoqda. SHu sababli ham ularning o'yinlari ko'pchilikka manzur kelmoqda. SHu sababli ham final uchrashuvi ajoyib muhitda o'tadi. Ularning har ikkisi ham bo'lajak bahsda natija uchun harakat qilishadi. Mavsumning boshi bo'lgani sababli o'yinning mazmuni yaxshi bo'lmasligi mumkin. CHunki futbolchilarning tayyorgarligi cho'qqiga chiqmagan bo'ladi.

- Birinchi turdagi "Navbahor"ga qarshi uchrashuv haqidachi?

- Namangandagi oxirgi o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, biz yomon natijalarga erishmayapmiz. Kubok bahslarida Namanganda o'ynadik. Ularning o'yinlariga katta dalda bo'ladigan muxlislari bor. Biroq jamoamizning asosiy qismi yosh bo'lishiga qaramasdan, bu bosimdan yaxshi o'tishadi deb o'ylayman. Asosiysi ruhiy tayyorgarligimiz yaxshi bo'lishi kerak. Mavsum boshida "Paxtakor", "Navbahor", "Metallurg", OCHL, AGMK bilan o'ynaymiz. Nima bo'lgan taqdirda ham bari bir barchasi bilan o'ynaymiz. SHu sababli ham biz bundan xavotirda emasmiz. Menimcha, bu mavsum ancha qiziq bo'ladi deb o'ylayman. CHiroyli o'yinlarga boy bahslar bo'ladi.

- Superkubok va Superliganing birinchi turida jamoa etakchilaridan biri Oybek Bozorov diskvalifikaciya sababli o'ynamaydi. Bu jamoa uchun qanchalik yo'qotish bo'ladi?

- Bu juda ham jiddiy yo'qotish. Oybek va SHerzod Nasrullaev qanotda eng kuchli tandem deb bilaman. Bir vaqtlar Masharipov va Sayfiev shunday edi. Oybek etakchilarimizdan biri edi. Biroq bo'lajak bahs uchun jamoadagi o'yinchilardan kelib chiqib, tayyorlanamiz.

- Yangi mavsumda "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor", AGMK, "So'g'diyona", "Qizilqum" jamoalari kuchaydi. Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz? CHempionlik uchun kurashadigan jamoalar kimlar bo'ladi?

- Hozir takidlangan jamoalarni aytishim mumkin. Lekin "Paxtakor" tarkib jihatdan yoki salohiyat jihatdan boshqalardan ajralib tursa kerak. Jamoaga kelganlar ketganlardan kuchli bo'lsa kuchli, lekin aniq kuchsiz emas. Boshqalarga nisbatan "Paxtakor" ustunroq. SHuningdek, jamoaning o'zagi saqlanib qoldi. SHuningdek, hozirgi siyosati jihatidan "Qizilqum", "Navbahor", AGMK ham chempionlikka davogar. Tepadagi olti jamoa sovrinlar uchun kurashadi.

- Bu yili ko'plab jamoalar kuchaydi. Bu siz uchun yoqimli holatmi?

- Ha, yoqimli holat deb aytgan bo'lardim. Muxlislarimiz uchun va futbolimiz rivoji uchun juda yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. "Paxtakor" o'tgan yili 60 ochko bilan chempion bo'ldi. Bu yil esa 50 ochko ham chempionlik uchun etishi mumkin. Biz va muxlislar ajoyib mavsumni kutmoqdamiz.


- "Paxtakor" jamoasida chempionlik ruhi bor. Bu narsani ko'pchilik tan oladi. SHuncha yil ichida, siz "Nasaf" tarixida o'ziga xos iz qoldirib kelyapsiz. Lekin shuncha iz qoldirgan Berdiev "Nasaf"ni hali O'zbekiston chempioni qilmagani sizni o'ylantirmaydimi?

- Har bir murabbiy buni orzu qiladi. CHempionlik bu eng oliy yutuq. Buni har kuni emas, biroq bazida o'ylaymiz. Bilasizlar, biz 2017 yilgi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunlaganmiz (so'nggi turda "Paxtakor" 4:0 hisobida mag'lub etilgan). O'sha vaqtlar tarkibimiz juda yaxshi edi. SHu sababli ham rahbariyatga jamoamizning asosini saqlab qolib, yana 2-3 futbolchi qo'shib olsak chempionlik uchun kurashishimiz mumkinligini aytdim, biroq bunga to'liq etibor berilmadi. SHundan so'ng ko'plab futbolchilarmiz "Paxtakor"ga o'tib ketdi. Agar o'sha tarkibga, uch-to'rt nafar futbolchi kelganda "Nasaf" juda kuchli jamoaga aylanardi. Bu erda faqat murabbiyga bog'liq bo'lmagan sabablar bo'ladi.

- "Nasaf"ning vaqti hozir keldi deb o'ylamaysizmi? Ikki yildan beri o'ynatib kelayotgan tarkibingizni saqlab qoldingiz. SHuningdek, ikkita yaxshi futbolchini qo'shib oldingiz. Bundan tashqari, yaxshi hujumchi olamiz dedingiz. 2022 yilda "Nasaf" chempionlik uchun haqiqatdan kurashadigan jamoaga aylandi deb o'ylaysizmi?

- Kimdir kelib, bizga chempion bo'lish kerak degan maqsad qo'ymaydi. Biroq biz doim chempionlik uchun kurashamiz. Buni ovoza qilib o'tirmaymiz. Lekin, maqsadimiz doim yuqori bo'ladi. SHuncha vaqtdan beri ishlab kelayotgan bo'lsam, kimdir kelib bizga chempionlik vazifasini qo'ymagan. CHunki bizda hali kamchiliklar etarli. Buni tan olish kerak. Jamoa har tomonlama tayyor bo'lishi kerak. Biz chempionlik uchun kurashamiz, biroq bazi kamchiliklarimiz bizga pand berishi mumkin. Qiyin bo'lsa ham kurashamiz.

- OCHLda "Baniyas"ga qarshi o'yin bor. To'g'ri ularga qarshi bahsdan avval Superkubok va Superliga bahslarida o'yin bor. Jamoa "Baniyas"ga qarshi qanchalik tayyorgarlik ko'rmoqda?

- OCHL guruh bosqichiga chiqish asosiy maqsadlarimizdan biri. Bilasiz, qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, "Nasaf" xalqaro maydonda harakat qiladi. Birinchi maqsadimiz: "Baniyas" bilan o'yinda yaxshi natijaga erishish. Raqibimizning o'yinlarini hali futbolchilarimizga ko'rsatmadik, biroq etarli malumotlar to'plashni boshlaganmiz. O'yinga yaqin qolganida futbolchilarimizga to'liq malumot berishga harakat qilamiz. OCHL o'yiniga qadar Superkubok va Superliga bahslarida futbolchilarni yaxshi sport formaga olib kirishimiz kerak bo'ladi.

OCHL pley-offidan oldin Superkubok va chempionat o'yinlari borligi biz uchun ancha foydali bo'lishi aniq. Safarda yaxshi jamoalarga o'ynashimiz ham bizga foydali bo'ladi. CHunki Yaypan va Namangandagi o'yinlarda ham bizga katta bosim bo'lishi aniq. SHu orqali, "Baniyas"ga qarshi bellashuvga tayyorlanamiz.

- "Baniyas"ga qarshi o'yinda sizlarda ikkita yo'l bor. Jamoa g'alaba qozonsa, OCHL guruhida o'ynaydi. Mag'lub bo'lsa, OFK kubogida qatnashadi. OFK kubogida "Nasaf" bemalol chempionlik uchun kurashadi. OCHLda esa ancha jiddiy raqiblarga qarshi o'ynaysizlar. Sizlar uchun qaysi kubokda qatnashish maqulroq?

- OCHLda o'ynashni istaymiz. Buni muxlislarimiz ham kutmoqda. Mahoratimiz va imkoniyatimizni yaxshi bo'lishi uchun to'liq sarflaymiz. Biz OCHL guruhida qanchalik qiyin bo'lishini bilsak ham u erda o'ynashni istaymiz. Balki guruhdan chiqolmasmiz. Nima bo'lgan taqdirda ham bu orqali futbolchilarimiz ancha katta tajribaga ega bo'ladi. Maqsad: keyingi bosqichga chiqish. Biroq bu futbol. Agar mag'lub bo'lsak, OFK kubogida chempion bo'lish uchun to'p tepamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика