“Nasaf-2” jamoasi 2-davra bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda
07 avg 2015 00:52
Yangiliklar


“Nasaf-2” jamoasi 2-davra bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda
Ikkinchi davrada muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilgan Qarshining “Nasaf-2” jamoasi 1 avgustdan boshlab o'z qarorgohida tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlab yuborgan.
Nurali Sultonov va Pavel Kshnyankin boshchiligidagi “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa kuniga ikki mahal o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda. Bosh murabbiy ayni paytda qo'l ostida to'p so'rayotgan shogirdlariga ishonishi va shuning uchun tarkibda o'zgarish qilishga hojat yo'qligini malum qildi.
Xabaringiz bor, Nurali Sultonov shogirdlari ikkinchi davra ilk bahsini 12 avgust kuni safarda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu bahsda yosh futbolchilarimizga omad tilaymiz.
Faxriddin CHORIEV.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar