Narzullani tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz!
10 fev 2014 10:10
Yangiliklar


Narzullani tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz!
Narzulla bugun 24 yoshni qarshi oldi. Fursatdan foydalanib, www.championat.asia, www.olamsport.com, www.fifa.uz saytlari hamda “Futbol Ekspress” gazetasi ijodkorlari nomidan hamkasbimizni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. Narzullaga uzoq umr, baxt-saodat va sihat-salomatlik tilaymiz. Ota-onasi, yoru-birodarlari hamda qarindoshlari baxtiga doim sog'-omon bo'lib yursin.
O'quvchilarimiz juda yaxshi bilishadi, Narzullaning www.championat.asiada tutgan roli juda katta. U kechayu-kunduz tinim bilmay ishlaydi. O'zbek futboliga oid yangiliklarni doim tezkorlik bilan berib boradi. U ham jurnalist, ham tarjimon, ham sayt admini, ham yaxshi suhbatdosh – bir so'z bilan aytganda har tomonlama etuk yigit. Qizlar ko'pincha mana shunday yigitlar bilan tanishishni orzu qilishadi.
Lekin Narzulla hech sir boy bermaydi. Uning uchun oila va ish birlamchi. U o'z kasbini nihoyatda sevadi. Saytimiz rivoji uchun tinmay jon koyitib mehnat qiladi. Yana bir bor jurnalist do'stimizni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Nimaiki orzulari bo'lsa, barchasi amalga oshishiga tilakdoshmiz.

Fikrlar