"Napoli" yaqin kunlarda Gattuzo bilan shartnomani uzaytiradi
03 dek 2020 17:38
Yangiliklar
"Napoli" yaqin kunlarda Gattuzo bilan shartnomani uzaytiradi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Jennaro Gattuzoga yangilangan shartnomani yubordi.
30 oktyabrda tomonlar shartnoma shartlarini muhokama qilishgan. U 2023 yilga qadar mo'ljallanadi va maosh bonuslar bilan 2,5 million evroni tashkil etadi.
42 yoshli mutaxassis bir necha kunlardan so'ng qog'ozga qo'l qo'yadi. Hozir u jamoa bilan 3 dekabrda bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasi doirasidagi "AZ Alkmar"ga qarshi o'yinga tayyorlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gattuzo "Napoli"ni 2019 yilning dekabridan beri boshqaradi. Neapolliklar uning qo'l ostida Italiya Kubogining 2019/20 yilgi mavsum g'olibiga aylanishdi.
Neapol klubi ayni damda A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar