"Napoli" Sarri bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
07 okt 2015 23:08
Yangiliklar


"Napoli" Sarri bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
Italiyaning "Napoli" jamoasi Mauricio Sarri bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
Klub rahbariyati Sarri bilan o'rtadagi kelishuvni yana 4 yilga uzaytirmoqchi. Mauricio Sarrining amaldagi shartnomasi shu mavsum yakuniga qadar imzolangandi. "Napoli" vakillari jamoaning muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng Sarriga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Agarda klub Evropa ligasi yoki Italiya kubogida zafar quchsa, unda Sarriga qo'shimcha pul mukofoti beriladi. Mavsum yakuniga ko'ra, "Napoli" CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadigan bo'lsa, unda Sarriga yana bonus sifatida mukofot puli vada qilingan.
Eslatib o'tamiz, Sarrining "Napoli"dan olayotgan maoshi avvalgi murabbiylar, xususan Benites va Maccarinikidan besh barobat kam miqdorda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar