"Napoli" prezidenti Kulibalining transferidan 100 million evro ishlamoqchi
23 apr 2020 18:43
Yangiliklar


"Napoli" prezidenti Kulibalining transferidan 100 million evro ishlamoqchi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali boshqa klubga o'tishi mumkin.
Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis koronavirus epidemiyasi sabab yuzaga kelgan moliyaviy inqirozga qaramasdan Kulibalining narxini pasaytirmoqchi emas.
De Laurentis o'yinchi uchun 100 million evro xohlamoqda. Kaliduga bosh davogarlar sifatida PSJ va MYU klublari aytilmoqda.
28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Napoli" safida 15ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar