"Napoli" Mustafining transferi bo'yicha "Arsenal" bilan muzokaralarni boshladi
13 sen 2020 10:37
Yangiliklar
"Napoli" Mustafining transferi bo'yicha "Arsenal" bilan muzokaralarni boshladi
"Arsenal" himoyachisi SHkodran Mustafi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 28 yoshli himoyachiga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubi allaqachon Germaniya terma jamoasi futbolchisi bo'yicha "to'pchilar" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Mustafining shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Nemis futbolchisining maoshi yiliga 4,5 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar