So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  8 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

"Napoli" Milanning ikki klubi orasiga tushib qoldi: A Seriya navbatdagi tur o'yinlari haqida Yangiliklar

"Napoli" Milanning ikki klubi orasiga tushib qoldi: A Seriya navbatdagi tur o'yinlari haqida

Italiya chempionatida 18-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Inter" "Salernitana"ni "yanchib" tashladi 

Mehmonlar maydonda shu kuni kim mezbon bo'lishini ilk soniyalardanoq ko'rsatib qo'yishdi. Tezkor gol esa bu vaziyatni yanada sezilarliroq bo'lishini taminladi. Yana CHalxanogludan ajoyib burchak zarbasi ijrosi va Ivan Perishich 11-daqiqadayoq baland sakrab, hisobni ochdi. "Salernitana" keyingi hujumdayoq javob berishi mumkin edi, lekin Riberi sherigi Nvankvoni qulay vaziyatga chiqardi, Xandanovich esa birga-bir holatda hujumchiga imkon qoldirmadi. O'yin tinchlandi, "Inter"ning ajoyib kombinaciyasigacha... De Vrey maydonning o'z jamoasi yarmidan to'pni Jekoga etkazdi, bosniyalik hujumchi Dyumrisni ko'rdi va niderlandiyalik himoyachi A Seriiyadagi ikkinchi golini nishonladi. Malum vaqt o'tib, endi Edinning o'zi gol urishi mumkin bo'ldi. 

Tanaffusdan qaytgach, "Inter" yanada ko'proq ishtiyoq bilan hujumlar uyushtira boshladi. Bo'lim avvalida CHalxanoglu tovoni bilan to'pni Sanchesga oshirdi, Aleksisning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Yana 2 daqiqa o'tib, tinib-tinchimas Sanches niyatiga etdi. U o'zi boshlagan hujumni, Jeko va CHalxanoglu qo'llab-quvvatladi, chiroyli tarzda yakunladi. Lautaro zaxiradan o'yinga qo'shildi va u ham golsiz qolib ketmadi. Galyardini jarnima maydonchasida kurashga kirishgach, to'p argentinalikka kelib tushdi va Martines imkoniyatidan unumli foydalandi. Robertoning o'zi ham ismini tabloga yozdirib qo'ydi. Oxirgi daqiqalarda aynan u darvoza burchagini aniq nishonga olib, yakuniy hisobni o'rnatdi. "Inter" etakchilikni saqlab qolmoqda, "Salerntitana" esa — oxirgi . 


"Napoli" mehmonda "Milan"ni mag'lubiyatga uchratdi 

Etakchilar qatoridagi ikki klub to'qnashuvi millionlab muxlislar qiziqishiga sabab bo'ldi. Agar jamoalar tarkiblaridagi yo'qotishlar bo'lmaganida bundanda yorqin bellashuv guvohiga aylanishimiz mumkin edi. Ilk daqiqalarda Zlatan faol va "Milan" xavfliroq hujumlar uyushtirdi. Ko'p o'tmay, burchak zarbasidan keiyn qaytarilgan to'p Florenciga kelib tushdi va uning yo'llagan to'pi darvoza yonginasidan o'tib ketdi. "Napoli" esa amalda birinchi imkoniyatidan gol urib ketdi. Zelinski ijrosidagi burchakdan uzatmadan keyin Petanya himoyachilarni chalg'itdi va Elmasga hech kim halaqit qilmadi. Bu vaziyatdan keyin har ikki jamoa biroz tin olgandek tuyuldi. 

Tanaffusdan keyin tabiiyki "Milan" yanada katta kuch bilan hujumga o'ta boshladi. Ibragimovich o'tkir burchakdan ham kuchli, ham aniq zarba yo'lladi, Ospina pand bermadi. Messiasda ham imkoniyat bo'ldi, biroq to'p uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan keyin darvoza to'siniga tegib qaytdi. Ko'p o'tmay, vaziyatni o'nglash uchun Jiru maydonga tushirildi va darhol boshi bilan zarba berdi, biroz noaniq. "Rossoneri" shu kecha aniqlik borasida jiddiy muammolarga duch keldi. Etiborga loyiq yana bir vaziyat o'yin so'nggida yuz berdi, jarima maydonchasida to'p Kessiega kelib tushdi va futbolchi darvozani ishg'ol qildi. Biroq hakam maydonda yotgan Jiru vaziyatning bevosita ishtirokchisi edi deb hisobladi va golni bekor qildi. Milanliklar albatta noroziliklarini yashirib o'tirishmadi, lekin qaror o'zgarmadi va "Napoli" og'ir o'yindagi muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. 


"Yuventus" ortiqcha muammosiz "Bolonya"ni taslim qildi    

Bolonyani qoplagan quyuq tuman sababli har ikki jamoaga oson bo'lmasligi aniq bo'lib ulgurgandi. "Yuventus" darhol bosim uyushtira boshladi. Avvaliga jarima maydoni tashqarisidan Rabo zarba berdi, 6-daqiqada esa Bernardeski yashirin pas bilan to'pni Morataga etkazdi, ispaniyalik esa birgina harakat bilan darvozani ishg'ol etdi. "Rossoblu" javob berishga urinib ko'rdi, Arnautovich boshi bilan zarba yo'llash imkonini topa oldi. Bo'lim o'rtalariga kelib, ustunlik ham aynan mezbonlar tomonga o'tib ketdi. Bo'lim so'ngida esa Svanberg "qaychi" uslubida zarba yo'llab, o'ta chiroyli gol muallifiga aylanishi mumkin edi. 

Ikkinchi bo'lim boshida Domingesda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo SHensni to'pni yaqin burchakka o'tkazib yuborishni istamadi. Yana bir necha bor hujum uyushtirishga harakatlar bo'ldi. Vaziyat keskinlashayotgandek tasavvur uyg'ona boshlagandi. Bu mavsum bir necha bor "joker" vazifasini bajarayotgan Kuadrado katta sahnaga chiqdi. Kolumbiyalik aldamchi harakat bilan himoyachini chalg'itdi va uzoq burchakni kuchli zarbasi bilan nishonga oldi. Keyingi epizodda endi Bernardeski uzoq burchakni poyladi, ammo bu safar Skorupski jamoasini goldan qutqardi. "Bolonya" asta-sekin tempni tushira boshladi va ancha tinchlanib qoldi. Natijada, "Yuventus" qator etakchilari yo'qligiga qaramay, muhim g'alabani tantana qildi va etakchilar guruhiga yaqinlashib oldi.


"Fiorentina" va "Sassuolo" murosa ko'chasini tanlashdi   

Hujumkor ikki klubning o'yiniga qiziqish ancha yuqori edi. "Fiorentina" cho'zib o'tirmay hujumlar uyushtira boshladi. Gonsales to'pni erga tushirmay zarba yo'llab ko'rdi, qaytgan to'pga hammadan avval etib borgan Kuarta ham gol urishga yaqin kelgandi. "Sassuolo" ham hujumga-hujum bilan javob berishga urinardi va aynan mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Frattezi hujumni boshlab berdi va Skamakkani to'p bilan taminladi, forvard darvozabon bilan yaqinlashib o'tirmay, uzoqroq masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. "Fiorentina" hujumga tashlandi, biroq gol urish o'rniga "neroverdi"ning qarshi hujumini o'tkazib yubordi. Raspadorining nozik uzatmasidan keyin Frattezi jarima maydonchasida qulay nuqtada paydo bo'ldi va birgina harakati bilan assist yoniga gol ham qo'shib qo'ydi. Kalexon darhol javob golini kiritishi mumkin edi, lekin Konsilya to'pni qaytarishni udalladi. Yana bir necha daqiqa o'tib, kiper Milenkovichning kuchli zarbasi gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. 

Tanaffusdan keyinoq "Sassuolo" tushunarsiz tarzda hujumga berilib ketdi va Torreyra birgina uzatma bilan Vlaxovichni raqib posboni bilan "uchrashuv"ga chiqarib yubordi. Dushan bunday vaziyatlarda kamdan-kam adashadi. Nima qilib bo'lsa ham yana gol urish va muvozanatni tiklash uchun "jang" qila boshladi. Vaziyatlardan birida to'p jarima maydonchasidagi bir nechta futbolchi orasida o'ralashib qoldi, Torreyra bu holatda omadliroq chiqdi va to'pni darvoza to'riga yo'lladi. "Fiorentina" hujum qilishda davom etar va endi g'alabadan umidvor edi. Biroq jamoaga 70-daqiqa Biragi qizil kartochka olishi pand berdi. Natijada, "Sassuolo" raqibni tinchlantirishga va safardan ochko bilan qaytishga erishdi. 


"Roma" "Atalanta"ni to'xtatib qoldi 

"Jalorossi" bergamoliklarga qarshi bellashuvni juda faol boshlashdi. 1-daqiqadayoq umid uzmagan va oxirigacha borgan Abraxam darvoza to'qqizligini nishonga oldi. Bir qarashda hujumchi Jimsitiga nisbatan qo'pollik ishlatgan tuyulishi mumkin, ammo gol inobatga olindi. Albaniyalik futbolchi o'z xatosini to'g'rilashga yaqin kelgandi, lekin Patrisiu to'pni qaytarib yubordi. "Roma"ning oldinga tashlanishi esa xavfliroq va samaraliroq chiqdi. Veretuning ajoyib uzatmasidan keyin Zanolo raqibni osonlik bilan dog'da qoldirib, darvoza burchagini aniq mo'ljalga oldi. "Atalanta" tanaffusgacha bitta bo'lsada gol urishni uddaladi, Muriel zarbasidan keyin to'p Kristantega tegib, darvozaga borib tushdi. 


Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridayoq Malinovskiy jarima zarbasidan gol urishi mumkin edi, biroq to'p darvozadan biroz teparoqdan o'tib ketdi. Ko'p o'tmay, Veretu jarima zarbalarini qanday amalga oshirish kerakligini ko'rsatib berdi. Uning standartdan uzatmasidan keyin Smolling raqiblarni ortda qoldirib, oyog'i bilan zarba berdi va Musso darvozasini ishg'ol qildi. Oxirgi 2 o'yinda 2-gol. "Atalanta" yana gol urdi. Qizig'i, yana Kristante avtogol muallifiga aylandi, ammo o'ziga xos dubl qayd etilmadi, hakam Sapata o'sha vaziyatda Brianni turtgan deb hisobladi. "Atalanta" bor kuchi bilan oldinga o'tar va hech bo'lmasa oradagi farqni qisqartirishga harakat qilardi, biroq o'zi gol o'tkazib yubordi. SHomurodov ajoyib uzatma bilan to'pni Veretuga etkazdi va Jordan darhol zarba berdi. Himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, lekin to'p Abraxamga borib tushdi, Temmi esa ikkinchi tempda hujumni qo'llayotgandi va dublni rasmiylashtirdi. 

SHuningdek, "Lacio" "Jenoa"dan, "Torino" esa "Verona"dan kuchliroq, "Sampdoriya" va "Veneciya" durang o'ynadi. 


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика