"Napoli" klubi etakchisiga yangi shartnoma taklif qildi
19 may 2019 21:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/496528_original.jpg)
![](/upload/storage/496528_220.jpg)
"Napoli" klubi etakchisiga yangi shartnoma taklif qildi
"Napoli" klubi belgiyalik yarim himoyachi Dris Mertens bilan shartnomani uzaytirish niyatida bo'lib turibdi.
Gazetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Italiya klubi futbolchi uchun 2021 yil yoziga qadar shartnoma va hozirgi olayotgan maoshini (yiliga 4,5 million evro) taklif qilgan.
32 yoshli xavbek "Napoli"ga 2013 yil yozida Gollandiyaning PSV klubidan kelib qo'shilgan. O'shanda neapolliklar Mertens uchun 9,48 million evro to'lashgandi.
Ortda qolgan davr mobaynida Dris Mertens "Napoli" safida 280 o'yinda maydonga tushib, 107 ta gol urgan va 70 ta assist muallifiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar