"Napoli" "Inter" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
26 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
"Napoli" "Inter" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
Yarim himoyachi Matias Vesino ushbu transfer oynasida Milanning "Inter" klubidan ketishga yaqin.
29 yoshli urugvaylik xavbekning yangi ish joyi "Napoli" bo'lishi mumkin. Neapolliklar rahbariyati Vesinoning transferiga qiziqish bildirishmoqda.
Matias "neradzurrilar" safida 2017 yilning avgustidan beri o'ynaydi. O'yinchining Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar