"Napoli" Insinega Evropa chempionatidan so'ng yangi shartnoma taklif qiladi
27 iyu 2021 08:37
Yangiliklar
"Napoli" Insinega Evropa chempionatidan so'ng yangi shartnoma taklif qiladi
"Napoli" jamoa sardori Lorenco Insinega Evropa chempionatidan so'ng yangi shartnoma taklif qiladi.
Futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Dastlabki muzokaralar ko'ngildagidek o'tmadi. Neapolliklar o'yinchi bilan pasaygan maoshli shartnoma imzolashmoqchi, bu esa hujumchini umuman qoniqtirmayapti.
Insine 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Fikrlar