"Napoli" ikkita yirik transferni amalga oshirishi mumkin
20 iyu 2019 14:34
Yangiliklar


"Napoli" ikkita yirik transferni amalga oshirishi mumkin
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubning transfer rejalari haqida gapirdi.
"Mariu Ruy va Fauzi Gulyamlar aniq "Napoli"da qolishadi, chunki ular kuchli himoyachilardir. Transferlar oynasi yakunlanganiga qadar yana ikkita yirik transferlarni amalga oshiramiz deb o'ylayman", - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" yakunlangan mavsum A Seriyada 2-o'rinni band qildi va CHempionlar Ligasi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Napoli" kecha o'rtoqlik o'yini doirasidagi "FeralpiSalo" klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida raqibni yirik 5:0 hisobida taslim etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar