"Napoli" forvardi jamoadan ketmoqchi
30 avg 2021 15:47
Yangiliklar
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli italiyalik o'z agentiga yangi jamoa topishni buyurgan. U Neapol klubidagi hozirgi holatidan norozi.
Futbolchi uchun bosh davogar "Sampdoriya" hisoblanadi. Bugun forvardning ehtimoliy transferi borasida muzokaralar o'tkazilishi kerak.
Petanya joriy mavsum 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar