“Napoli” Darmianga qiziqish bildirmoqda

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2018, 20:05
“Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis neapolliklarning “Manchester Yunayted” himoyachisi Matteo Darmianga qiziqishini tasdiqladi.

Avvalroq italiyalik futbolchi vataniga qaytish istagida ekanligini ma'lum qilgandi. Hozirda bu futbolchini xarid qilish uchun “Yuventus” asosiy nomzod bo'lib turibdi.

“Darmian? Birinchi galda bu savolni futbolchining o'ziga berish kerak. Agar uning o'zi bu transferga rozi bo'lsa, biz bajonidil kutib olamiz. Balki, avvaliga ijaraga olib, keyinchalik sotib olarmiz”, - dedi De Laurentis Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif