"Napoli" 33 yil ichida ilk bor A Seriyada g'olib bo'ldi, bungacha faqat Maradona bilan ikki marta chempion bo'lgan
05 may 2023 07:37
Yangiliklar


"Napoli" 33 yil ichida ilk bor A Seriyada g'olib bo'ldi, bungacha faqat Maradona bilan ikki marta chempion bo'lgan
“Napoli” muddatidan avval Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.
Luchano Spaletti shogirdlari A Seriyaning 33-turida “Udineze” bilan mehmonda (1:1) durang o'ynadi hamda 80 ochko jamg'argan holda mavsum yakunlanishiga 5 tur qolganida “Lacio” (64 ochko)dan etib bo'lmas darajada o'zib ketdi.
Bu Neapol klubi tarixidagi uchinchi hamda 33 yildan keyingi birinchi chempionlik unvoni sanaladi.
Bungacha tarkibida Diego Maradona bo'lgan “Napoli” 1986/87, 1989/90 yilgi mavsumlarda ikki marta Italiya chempionligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
11:20
"Pink Ladies Cup 2025". O'zbekiston ayollar terma jamoasining turnirdagi uchrashuvlar taqvimi malum 2

Fikrlar