"Napoli" 33 yil ichida ilk bor A Seriyada g'olib bo'ldi, bungacha faqat Maradona bilan ikki marta chempion bo'lgan

Оқил Абдубарноев
5 may 2023, 07:37
“Napoli” muddatidan avval Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.

Luchano Spaletti shogirdlari A Seriyaning 33-turida “Udineze” bilan mehmonda (1:1) durang o'ynadi hamda 80 ochko jamg'argan holda mavsum yakunlanishiga 5 tur qolganida “Lacio” (64 ochko)dan yetib bo'lmas darajada o'zib ketdi.

Bu Neapol klubi tarixidagi uchinchi hamda 33 yildan keyingi birinchi chempionlik unvoni sanaladi.

Bungacha tarkibida Diego Maradona bo'lgan “Napoli” 1986/87, 1989/90 yilgi mavsumlarda ikki marta Italiya chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru