Nani: Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz
01 mar 2015 23:10
Yangiliklar

Nani: Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz
"Manchester Yunayted" klubiga tegishli bo'lgan portugaliyalik yarim himoyachi Nani ayni paytda "Sporting" jamoasida ijara asosida to'p surmoqda.
Futbolchi o'z kelajagi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Hozir barcha diqqat-etiborim "Sporting"dagi faoliyatimga qaratilgan. Mashg'ulotlarda katta kuch bilan shug'ullanib, o'zimning optimal sport formamni tiklashga harakat qilaman. Keyin esa bosh murabbiy va klubning yakuniy qarorini kutaman. "Manchester Yunayted"ni yaxshi ko'raman. Klub ham, shahar ham menga yoqadi. Yangi bosh murabbiy men bilan yaxshi tanish emasdi. Ko'p narsalar o'zgardi. O'zimni baxtli his etish uchun ko'proq maydonga tushishim kerak edi. Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz. Bu ko'p narsalarga bog'liq. Agarda "Manchester Yunayted" meni o'z safiga qaytarishni istasa, unda hamkorlikni davom ettirishimiz mumkin. Lekin undan oldin bazi masalalarni hal etib olishimiz zarur bo'ladi", - deydi Nani.

Fikrlar