Namangandagi shouni, Namangandan yoritamiz!
25 fev 2016 15:43
Yangiliklar


Namangandagi shouni, Namangandan yoritamiz!
Unda “Navbahor” jamoasining faxriy futbolchilari maydonga tushadilar. Malumki, 1996 yilgi mamlakat chempionatida “Navbahor” jamoasi bosh sovringa erishgan. O'sha shonli jamoa tarkibida oltin medallarni qo'lga kiritgan oltin avlod futbolchilari Namanganda jam bo'lishadi. Bu yil “Navbahor” jamoasi chempion bo'lganiga roppa-rosa 20 yil to'ladi. “Navbahor” klubi rahbariyati viloyat futbol federaciyasi bilan hamkorlikda ushbu shou uchrashuvini tashkil etyapti.
Mana shu shou dasturni tarix zarvaraqlariga muxrlash maqsadida, "Navbahor" futbol klubi matbuot xizmati, saytimiz bilan hamkorlikda tadbirdagi eng qaynoq voqealarni jonli yoritib boradi. SHu maqsadda, shanba kuni bo'lib o'tadigan tadbirda, "CA"ning to'rt nafar xodimi Namanganda faoliyat olib boradi.
Eslatib o'tamiz, 1996 yilgi chempion jamoaga Viktor Jalilov bosh murabbiylik qilgan. Mana bir necha yildirki, Jalilov “Paxtakor” jamoasida faoliyat yuritib kelyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar