So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Namangan viloyati Futbol Associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Sarikov qanday vada berdi? Yangiliklar

Namangan viloyati Futbol Associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Sarikov qanday vada berdi?

Farg'ona vodiysida stadionlarni inspekciyadan o'tkazayotgan PFL komissiyasi “Qo'qon-1912” stadionini tekshirgach, Namanganga tashrif buyurdi va “Navbahor” futbol klubi stadionini ispekciyadan o'tkazdi.

Ayni damda, “Navbahor” futbol klubi stadionida chim talabga javob bermaydigan darajada, shuningdek, tribunalarda ham kichik muammolar mavjud.

Avvalroq xabar berilganidek, O'zPFL kelasi mavsumdan boshlab futbol klublariga jiddiy talablar qo'ygan va klublar hozirdan kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlashi va PFLni bundan xabardor qilib borishi shart. Bu masala “Navbahor” futbol klubiga ham etkazildi va klub kelasi mavsum uchun tayyorgarlik boshlanganini bizga malum qildi.

Namangan viloyati Futbol Associaciyasi birinchi Vice-prezideni SHamshod Sarikov bu haqda biz bilan suhbatda shuni malum qildi:

“PFL talablari asosida stadionda ishni deyarli boshladik. Biz barcha talablar haqida xabardomiz va albatta buni bajarishga tayyormiz. Birinchi navbatda muammo – chim masalasini albatta hal qilamiz. Aytishim mumkinki, “Navbahor” klubi stadioni chimi barcha xalqaro standartlarga hamda OFK va FIFA standartlariga javob beradigan tarzda yangilanadi”, - deydi viloyat Futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti.

“CHim masalasi bo'yicha kelishuvga erishdik va bu borada shartnoma tuziladi. Namanganga tashrif buyurgan mutaxassislar bilan maslahat qildik. Vada berishim mumkinki, stadion kelasi mavsumga tayyorgarlikni katta masuliyat bilan olib boradi. Drenaj, chim va boshqa jihozlar yangilanadi. SHuningdek, PFL mutaxassislari bilan stadiondagi SIP o'rindiqlarni yangilash masalasida gaplashdik. Aytishim mumkin, klub stadionida barcha talablar bajariladi”, - dedi Sarikov.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика