Naingolan endi Pyanich bilan gaplashmaydimi?
21 iyu 2016 00:05
Yangiliklar
Naingolan endi Pyanich bilan gaplashmaydimi?
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naingolan jamoadoshi Miralem Pyanich "Yuventus"ga o'tsa u bilan do'stlik aloqasini uzishini aytib o'tgandi.
Naingolan Pyanich "Yuventus"ga o'tishi oldidan shunday degandi: "Miralem Pyanich "Yuventus"ga o'tadigan bo'lsa, unda u bilan gaplashmayman. Bu haqida uning o'zini ogohlantirdim. Men ham "Yuventus"da paydo bo'lamanmi? Bu haqida yana takror aytaman, yo'q!".
O'tgan haftada "Yuventus" Miralem Pyanchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Qiziq, endi "Roma"ning belgiyalik yarim himoyachisi sobiq klubdoshi, do'sti Miralem Pyanich bilan aloqani uzadimi?
Eslatib o'tamiz, Naingolanga "CHelsi" hamda "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi. "Roma" bosh murabbiyi Spaletti esa Raja jamoada qoladi, u menga vada bergan, degandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar