Nainggolan: "Kontening qo'l ostida o'ynashni istayman"
23 okt 2019 23:32
Yangiliklar


Nainggolan: "Kontening qo'l ostida o'ynashni istayman"
"Kalyari" futbolchisi Raja Nainggolan "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte borasida gapirdi.
Nainggolan ushbu yozda ijara asosida "Inter"dan "Kalyari"ga o'tgandi.
"Konte qo'l ostida mashg'ulotlarda qatnashishni istayman. Atigi bir oyda men uning g'oyalarini tushunib olgandim. U ochiq, o'z gapini to'g'ri tushuntira oladigan va biz xato qilib qo'ysak, borini gapiradigan inson.
Mavsumoldi yig'inlarida u o'z oldiga chaqirib, meni "CHelsi"da ko'rishni istaganini aytgandi. Biroq bu mening emas, klubning qarori edi. Konte bu haqda menga endigina aytdi. Men Konte kabi hammasini yuziga gapiradigan insonlarni qadrlayman", - dedi Nainggolan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar