Nainggolan: "3:0ni takrorlamoqchimiz"

Mirjalol Normatov
27 apr 2018, 14:01
"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan YCHL yarim finali doirasida "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda haqida fikr bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik, biroq vaqt o'tib ko'plab xatolarga qo'l qo'ydik. Oqibatda raqibga ko'plab imkoniyatlar yaratib berdik.
5:0 - juda yirik hisob edi, 5:2 hisobi bilan esa keyingi bosqichga umid qilsa bo'ladi. Endi javob uchrashuvida "Barselona" bilan o'ynagandek, 3:0 hisobini takrorlash niyatimiz bor", - dedi Nainggolan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN