So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  2 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  11 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  14 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1

Nailoj, omad chopmadi Yangiliklar

Nailoj, omad chopmadi

Teglar :  BuffonFIFA
Malumki, Franciyaning France Football nashri FIFAdan farqli o'laroq, Janluiji Buffon haliyam futbol o'ynayotganini, eng muhimi, golkiperning natijalari etarlicha etirofga arzishini yaxshi biladi.

Ammo shunday futbolchilar ham borki, ular naqadar istedodli va mohir bo'lishmasin, sovringa davogarlar ro'yxatining so'nggi 30lik ro'yxatidan joy ola bilishmadi. Soccer.ru bugun etiboringizni ana shunday charm to'p ustalariga qaratmoqda.

Darvozabonlar

Yan Oblak (Atletiko)

Bizningcha, hozirgi futbol olamidagi eng yorqin o'yin namoyish qilayotgan darvozabonlarning ikki nafari sovringa davogarlar ro'yxatidan chetda qolib ketishdi. Bular - David De Xea va Yan Oblak. Ochig'ini aytish lozim, Ispaniya termasining yozgi Evro-2016dagi muvaffaqiyatsizligi va MYU ko'rsatayotgan nursiz o'yin­lar De Xea natijalariga salbiy tasir ko'rsatdi. Ammo sloveniyalik posbonning Atletikodagi harakatlariga qoyil qolmay ilojimiz yo'q. SHu bois, Yanni mazkur terma jamoa kiperi sifatida tanlashga qaror qildik.

Muqobil variant: David De Xea (MYU).

 

Himoyachilar

Ektor Belerin (Arsenal)

Germaniyalik mashhur himoyachi Filipp Lam o'tgan mavsumda ajoyib o'yinlar ko'rsatib, Gvardiolaning hurmatini qozondi. Biroq Arsenalning yangi futbolchisining harakatlaridan nafaqat Arsen Venger, balki APL­ning barcha muxlislari birdek hayratdalar.

Muqobil variant: Daniel Karvaxal (Real).

 

Leonardo Bonuchchi (Yuventus)

Buffonning nomi Oltin to'pga davogarlar ro'yxati o'ttizligida tilga olinishiga sabab - jamoadoshlari himoyada yaxshi harakat qila olmayotganlarida emas. Zero Leonardo Bonuchchi va uning natijalari ayni paytda ko'pgina grandlar oromini o'g'irlagan. Yuventusning Italiya chempionatida g'olib chiqishida, Konte boshchiligidagi Moviy gvardiyaning Evropa chempionatidagi ishonchli o'yinlarida aynan Bonuchchining xizmatlari beqiyos.

Muqobil variant: Kalidu Kulibali (Napoli).

 

Loran Koselni (Arsenal)

Aslini olganda, Loranning o'rniga Jerom Boatengni tanlashimiz mumkin edi. CHunonchi, hatto Xummels ham o'tgan o'yinlar davomida nisbatan barqaror harakat qildi. Umuman olganda, Godin, Pepe va Ramoslarning ro'yxatda bo'lishlari - mantiqan to'g'ri. Aytgancha, Tobi Alderveyreldning Tottenxemdagi o'yinlari ham etiborga arziydi. Biroq baribir, bizning tanlovimiz - Loran Koselni.

Muqobil variant:
Tobi Alderveyreld (Tottenxem).

 

Felipe Luis (Atletiko)

CHap qanot himoyasiga nomzodlar etarlicha: Bavariyadan Alaba, Lesterdan Fuks, braziliyalik Marselo, bular ham qaysidir manoda, maqtovga loyiqlar. Ammo biz franciyalik jurnalistlar fikriga qo'shilib, etiborni hujumkor himoyachiga qaratdik.

Muqobil variant: Rafael Gerreyru (Loryan|Borussiya D.).

 

Yarim himoyachilar

Aleksis Sanches (Arsenal)

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomini aniqlayotganda, Amerika kubogi bosh qahramonini etibordan chetda qoldirish adolatdan bo'lmaydi. Zero Sanches faqatgina APLda yaxshi o'yin ko'rsatibgina qolmay, qita chempionatida Bravo va Vargaslarga o'zlarini ko'rsatishlari uchun yordam berdi. Yana bir kuchli yarim himoyachi bo'lmish Mxitaryan esa Argentina termasini mag'lub etmadi. Lekin u bundesligada o'zini ko'rsatishga ulgurgan edi.

Muqobil variant: Genrix Mxitaryan (Borussiya D.| Manchester Yunayted).

 

NGolo Kante(Lester|CHelsi)


Lesterning franciyalik tayanch yarim himoyachisi ko'rsatgan o'yinlar tufayli tulkilar o'tgan mavsumda Ang­liya chempioni bo'lishdi. Bundan tashqari, aynan Kante CHelsi markazidagi muammolarni tezda bartaraf qilib, Evro-2016da Pogbaga erkin harakat qilish imkonini yaratib berdi.

Muqobil variant: Serxio Buskets (Barselona).

 

Kazemiro(Real)

To'g'risini aytganda, joriy yilgi futbol mavsumida markaziy yarim himoyachilarning aksariyati o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi. Ha, o'ttizlikdagi universal Koke, Kroos va Modrichlar ham etarlicha hurmatga arziydilar. Ammo Zidan va uning Realini o'ta muhim pallalarda qutqarib qolgan insonni unutib bo'larmidi?! SHuningdek, Jaku va Pyanich, kataloniyaliklar safida tobora porlayotgan Rakitich ham Kazemiro singari, etirofga munosib.

Muqobil variant: Ivan Rakitich (Barselona).

Mesut Ozil (Arsenal)

Yakuniy ro'yxatdan Ozilga joy topilmagani - chindan ham, hayratlanarli voqea. Inestaga bo'lgan hurmatni saqlagan holda aytish kerakki, Mesutning joriy yildagi natijalari astoydil hisoblab chiqilsa, Andreas xijolatda qolishi aniq. Ha, biz mazkur reytingni bekorga tuzib chiqmadik. Axir, Mesut - ayni paytda dunyodagi eng yaxshi assistentlardan biri va shu bois, u maqtovga arziydi.

Muqobil variant: Dele Alli (Tottenxem).


 

Filippe Koutino (Liverpul)


Aslini olganda, Filippega raqobatchilar etarlicha topiladi. Negaki, istedodli hujumkor yarim himoyachilar dunyo futbolida hamma vaqt topilgan. Biroq Oltin to'pga davogarlar ro'yxati faqat shundaylardan tashkil topsa, adolatga putur etardi. Ammo o'z navbatida, Kloppning eng sevimli futbolchilaridan biri o'ttizlikka kirmay qolishi - biroz ajablanarli. Liverpul­ning o'tgan vaqt davomidagi o'yinlarini sinchiklab kuzatib chiqsangiz, Filippening nafaqat chiroyli fintlar ko'rsatishi, balki jamoasi uchun naqadar foydali ekaniga ham guvoh bo'lasiz. Ronaldinoning fikricha, Koutino Barselonada ham bemalol o'ynab ketadi. Nima ham derdik, professional baho!

Muqobil variant: David Silva (Manchester Siti).

 

Hujumchilar

Xarri Keyn (Tottenxem)


Hujum markaziga Sanchesni joylashtirsak ham chakki bo'lmasdi. Biroq yakuniy tarkibdagi bu o'ringa eng munosiblar - Ronaldudan tortib Neymargacha, Vardidan tortib Dibalagacha o'rin topishdiki, darhaqiqat, francuz jurnalistlarining tanlovlariga etiroz bildirish noo'rin. Ammo Keynning APLdagi gollari, ularning muhimlik darajasiga etibor bermay o'tib ketish ham mumkin emas. Astoydil istalsa, belgiyalik yosh forvard - Romelu Lukakuni ham ro'yxatga qo'shish mumkin edi.

Muqobil variant: Romelu Lukaku (Everton).


Ko'ryapsizmi, 2016 yilgi turnirlarda qanchadan-qancha futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi! Afsuski, biz bugun tilga olayotgan charm to'p ustalari bu galgi Oltin to'p sovriniga davogarlar ro'yxatidan chetda qolishdi. Bir tomondan, Ronaldu, Grizmann va Beyllarning natijalari shundayki, ular bilan hisoblashmaslikning ham iloji yo'q. Mayli, yakuniy qarorni France Footballga qoldiramiz. Lekin yuqorida tilga olingan futbolchilar chindan-da, etirofga arziydilar.

Isroil Rahimov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика