Nagelsmann SHupo-Motingga ishonadi
13 jan 2023 18:03
Yangiliklar


Nagelsmann SHupo-Motingga ishonadi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchi Erik SHupo-Motingga umid bog'lashini aytdi.
"Bir yarim yil davomida u har doim ham to'liq mashq qila olmadi. Ammo hozir muntazam o'ynayapti, jismoniy tayyorgarligi yaxshi darajada. U doimo raqib darvozasi oldida xavf tug'diradigan juda yaxshi futbolchi. Va bizning jamoada uni yaxshi ko'rishadi, bu har doim muhim. Agar sizni yaxshi ko'rishsa, pas berishadi.
Albatta, biz u bilan muzokara olib borayotganimiz va shartnomani uzaytirishga harakat qilayotganimiz ajoyib. Men unga, agar u xuddi shunday qattiq ishlashda davom etsa, mavsumning ikkinchi qismida muhim rol o'ynashini aytdim", – dedi mutaxassis.
Avvalroq "Bavariya" SHupo-Motingni saqlab qolish niyatida ekanligini malum qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar