Nagelsmann: “Mashina emas, insonligimizni ko'rsatdik”
30 okt 2021 08:10
Yangiliklar
Nagelsmann: “Mashina emas, insonligimizni ko'rsatdik”
“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniya Kubogida “Borussiya M”ga uchralgan yirik mag'lubiyat haqida gapirdi.
“Bu faoliyatimdagi eng qayg'uli lahzalardan biri. Mashina emas, inson ekanligimizni ko'rsatdik. “Bavariya” Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanligini yana va yana isbotlashi kerak”, deydi mutaxassis.
COVID-19 tufayli masofaviy ishlayotgan Nagelsmann shuningdek, CHempionlar Ligasi doirasidagi “Benfika"ga qarshi o'yinda jamoani shaxsan o'zi boshqarishi mumkinligini aytdi.
“Video – albatta bu yaxshi, lekin baribir ko'ngildagidek emas. Koronavirus davrida bolalar bilan ishlaydigan har qanday o'qituvchi buni tasdiqlaydi”, deb qo'shib qo'ygan "Bavariya" ustozi.
Fikrlar